Maktabgacha ta'lim vazirligida Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Rossiya tomonining tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasining ikkinchi kotibi Aleksandr Sazonov, Rossiya Federatsiyasi ta’lim vazirligining xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi direktori o'rinbosari Andrey Efremov, А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining rektori vazifasini bajaruvchi Vasiliy Slavash bilan O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shinning uchrashuvi bo'lib o'tdi Muzokarada A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Rossiya federatsiyasi delegatsiyasi rahbari Janob A. Yefremov uchrashuv ishtirokchilarini qutlar ekan, А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universiteti rektorining yangi tayinlangan vazifasini bajaruvchi O'zbekiston tomoniga rasman tanishtirdi. Janob V. Rabosh o'zining kirish nutqida A.I.Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universitetining yaqinda erishgan yutuqlari haqida qisqacha gapirib berdi. A. Gersen Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbariyatiga O'zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishga qo'shgan bebaho hissasi va A.I Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filialini ochishda yordam bergani uchun minnatdorlik bildirdi. A. Gersen Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filialining yangi jamoasi qo‘llab-quvvatlanishi va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi alohida ta’kidlandi. Hozirda Tojikiston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi mamlakatlarida shu kabi filiallari ochish to’g’risida tegishli mutasaddi idoralar bilan muzokaralar olib borilyatganligini e'tirof etildi. Shu bilan birga, Janob V. Rabosh yangi tashkil etilgan A. I. Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filiali MDX davlatlari ichida yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash markazi sifatida faoliyat yuritishini e'tirof etdi. Shu bilan birga, Rossiya tomoni “Lukoil Overseas” Rossiya kompaniyasi moliyaviy ko’magida qurilayotgan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi realibilitatsiya markazi bilan yangi qurilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog kadrlarining malakasini oshirishda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga ko’maklashishga tayyorligini bildirdi Xususan, Sank-Peterburg mutaxassislari Nukus shahridagi Imkon realibitatsion markazi mutaxassislari malakasini oshirish bo'yicha kelishib olindi. Muzokaralar yakunida A.I Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filialida ta’lim jarayonini rivojlantirishga qaratilgan loyixalar muhokama qilindi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
Maktabgacha ta’lim vazirligi joriy yilning avgust oyida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining sodir bo‘lgan kasallanish holati yuzasidan ma’lum qiladi. 2021 yil 5-avgustdan 10-avgustgacha bo‘lgan davrda intoksikatsiya sindromi belgilari bilan 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalariga yotqizildi. Tibbiyot muassasalari va Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, bolalarda botulizm kasalligining klinik belgilari kuzatilgan. 10 avgustdan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotida Oqqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining tor mutaxassislari tomonidan kundalik tarbiyalanuvchilar ko‘riklari tashkil etildi va salomatligida o‘zgarish bo‘lgan 25 tarbiyalanuvchilar aniqlanib profilaktik maqsadda tibbiyot muassasasiga shifokorlarning nazorati uchun yotqizilgan. Hammasi bo‘lib tibbiyot muassasalariga 32 nafar bola yotqizilgan. Bugungi kunga, barcha bolalar yashash joyi bo‘yicha tibbiy nazoratga olinib kasalxonadan uylariga ruxsat berildi. Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida 10 kunlik taomnomasi bo‘yicha bolalarga tarqatilgan oziq-ovqat mahsulotlardan omborxonada vaqtinchalik saqlanayotgan gumondagi oziq-ovqat mahsulotlaridan (povidlo, djem, quyultirilgan sut, pishloq, kartoshka, piyoz, sabzi, karam, bulg‘or qalampiri, olma) namunalar olinib, laboratoriyaga taxlil o‘tkazish uchun yuborilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirda tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov xarakatlari tugagach, ma’lumot beriladi va aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati
Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan hamkorlikda Toshkent shahri Mirobod tumani 64 va 247-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarning holatini o‘rganib chiqib quyidagilarni ma’lum qiladi. Joriy yilning 26 avgust kuni 64-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 6 nafar tarbiyalanuvchisi va 247 -sonli maktabgacha ta’lim muassasasining 2 nafar tarbiyalanuvchisi o‘tkir ichak infeksiyasi belgilari bilan kasalxonaga yotqizildi. 2021 yil 27 avgustda Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, Mirobod tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, shuningdek, Mirobod tumani tibbiyot birlashmasining shifokorlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarda oshxonalarning holati, oshpazlar, hamshiralarning faoliyati o‘rganildi va tarbiyalanuvchilarning ko‘rigi tashkil etildi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari tomonidan kunlik sinamalar va bolalarning oxirgi uch kun davomida iste’mol qilgan taomlaridan barcha oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olinib, laboratoriyaga yuborildi. 2021 yil 31-avgust kuniga tarbiyalanuvchilarning ahvoli normal holatga qaytdi va ular uylariga chiqarildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda. O‘rganish natijalari va laboratoriya javoblari asosida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
Moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi
Usanov Zafar Beknazarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Moliya-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi. Usanov Zafar Beknazarovich 1977-yilda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 1999-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining bakalavr, 2001-yilda Toshkent davlat agrar universiteti magistratura bosqichini tamomlagan. Shuningdek, 2007-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. 2002-2004-yillarda - “Uzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi qishloq xoʻjaligi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi; 2004-2006-yillarda - Toshkent shahar xalq taʼlimi Bosh boshqarmasi moliya- rejalashtirish boʻlimi boshligʻi; 2006-2010-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi istiqbolni belgilash, moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi bosh iqtisodchisi; 2010- 2014-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; 2014-2016-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi «Oʻzbeknavo» estrada birlashmasi iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshligʻi; 2016-2019-yillarda - Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti moliya-iqtisod ishlar boʻyicha prorektori; 2019-2021-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Moliya va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshligʻi; 2019-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Moliya-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi; ✅Usanov Zafar Beknazarovich ? (71) 207-04-08 (870) ? finance@mpe.uz
Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi boshligʻi
Abdullayev Abduvoxid Abduraimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi boshligʻi. Abdullayev Abduvoxid 1964-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 1988-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan. 1988-1989-yillarda -Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani eksperimental maxsus ishlab chiqarish birlashmasi bosh hisobchi yordamchisi; 1989-1900-yillarda -Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani eksperimental maxsus ishlab chiqarish birlashmasi bosh hisobchi oʻrinbosari; 1990-1990-yillarda -«Sverdlov» nomli kolxoz hisobchisi; 1990-1991-yillarda -Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani eksperimental maxsus ishlab chiqarish birlashmasi bosh hisobchi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi; 1991-1998-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha 1-toifali nazorat-taftishchisi; 1998-2001-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish” boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari; 2001-2003-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish” boʻlimi bosh nazorat-taftishchisi; 2003-2004-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini taftish qilish hamda valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini nazorat qilish” boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari; 2004-2008-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini taftish qilish hamda valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini nazorat qilish” boʻlimi boshligʻi; 2008-2017-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarni melorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish Departamenti Byudjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish inspeksiyasi Inspeksiya boshligʻi; 2018-2019-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarni melorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish Departamenti Loyihalarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish boʻlimi bosh mutaxassisi; 2019-2019-yillarda - Oʻrmon xoʻjaligi Davlat qoʻmitasi huzuridagi «Oʻrmonqurilish» DUKning moliya, nazorat qilish, shartnoma va marketing boʻlimi boshligʻi; 2019-2020-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sheriklik loyihalari monitoringi boʻlimi bosh mutaxassisi; 2020-2021-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi bosh mutaxassisi; 2021-yildan hozirga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi boshligʻi; ✅Abdullayev Abduvohid Abduraimovich ?(71) 207-04-08 (816) ?dxsh.monitoring@mpe.uz
Kamolov Shuxrat Jamoldinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogik kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi. Kamolov Shuxrat 1980-yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2003-yilda Muqimiy nomli Qoʻqon davlat pedagogika institutini va 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot tamomlagan va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistranti boʻlgan. 1999-2003-yillarda - Fargʻona viloyati Muqimiy nomli Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi; 2003-2003-yillarda - Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar Qizil Yarim Oy jamiyatida Yoshlar markazi hamda Xalqaro insonparvarlik huquqi boʻyicha koordinator; 2003-2004-yillarda - Namangan viloyati Pop maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining ingliz tili fani oʻqituvchisi; 2004-2006-yillarda - Namangan viloyati xalqaro “Mersy Corp-Uzbekistan” tashkilotining “Barakot” mikromoliyaviy dasturida katta kredit xodimi; 2006-2007-yillarda - Yevropa ittifoqi va Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining Fargʻona viloyatida loyiha eksperti; 2007-2011-yillarda - Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi “Kadrlar va marketing” boʻlimi mutaxassisi; 2011-2013-yillarda - Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi “Rahbar va pedagog kadrlarni tanlash va ularni malakasini oshirish” shoʻbasi mudiri, “Oʻzbekiston-Shveysariya «Kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasining Namangan viloyati eksperti; 2013-2017-yillarda -Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi “Rahbar va pedagog kadrlarni tanlash va ularni malakasini oshirish” shoʻbasi bosh mutaxassisi; 2017-2019-yillarda - Namangan viloyati hokimligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi kadrlar boʻyicha inspektori; 2019-2021-yillarda -Namangan viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi kadrlar boʻyicha inspektori; 2021-yildan hozirga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogik kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi; ✅Kamolov Shuxrat Jamoldinovich ?(71) 207-04-08 (820) ?pedstaff@mpe.uz
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 5 iyuldagi 123-sonli buyrug‘i qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 ta lotlar (1-9lotlar) bo‘yicha 33 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 14 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 14 nafar tadbirkorlar tomonidan tanlovda qatnashib g ‘olib bo ‘lganlar bilan quyida tanishishingiz mumkin. Batafsil: q.q.r-bayondan-kochirma-2-1Скачать Maktabgacha ta`lim vazirligi Axborot xizmati
"Zamonaviy ustoz"da maktabgach ta`lim tizimi
"Ilm yo‘li" nima berdi?Mazkur dastur qanday va u orqali bolalar nimalarni o‘rganishi mumkin?Umuman bugun tayyorlov guruhlariga qamrov va u yerda ta`lim beradigan kadrlar bilan bog‘liq vaziyat qanday. 2. Nega bog‘chaga 3 yoshdan olinadi?Yosh chegaralarining sababi nima va bu qanday mezonlar asosida belgilanadi. Batafsil: ? zamonaviy-ustoz_23-24-son_compressed-2Скачать
Oʼzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida yangi dastur ishga tushiriladi. O‘zbeistonda maktabgacha taʼlim tizimida Koreya bilan hamkorlikda yaratilgan «S board» dasturi ishga tushiriladi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi axborot xizmat xabar berdi. Birinchi bosqichda loyiha Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan dastur maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tarbiyachilar, ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi. Maʼlum bo‘lishicha, Koreyaning «Edulink» kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan loyiha birinchi bosqichda Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimida amalga oshiriladi.Platformada yaratish va joylashtirish maktabgacha taʼlim sifatini yaxshilash, raqamli hisobot qog‘oz turlaridan bosqichma-bosqich o‘tish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, dasturda matematika asoslari, o‘zbek tili va boshqa chet tillarini o‘qitish uchun o‘quv videokliplar ham jamlangan.mobildastur ishlab chiqilishining barcha bosqichlari «ilk qadam» davlat o‘quv dasturi hamda maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat standarti hamda maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Аvvalroq O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim qamrovi necha foizni tashkil etishi xabar qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda qancha xususiy bog‘cha bitim majburiyatini bajarmagani maʼlum qilingan. Batafsil:?https://bugun.uz/2021/09/10/ozbekistonda-maktabgacha-talim-tizimida-yangi-dastur-ishga-tushiriladi
Loyihaning umumiy miqdori: 10.9 mln. AQSH doll., Saudiya Taraqqiyot Jamgʻarmasining kredit mablagʻlari hisobidan.Asos: PQ-5071 (12.04.2021-y.), VMQ-428 (23.05.2020-y.) (6 ilova)Umumiy maʼlumot: Mazkur kredit mablagʻlari maktabgacha taʼlim tizimida DXSH asosida tuzilgan kelishuvlarni (40ta) moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.Holati: Saudiya Taraqqiyot Jamgʻarmasi va Oʻzbekiston hukumati oʻrtasida qarz bitimi imzolandi. Hozirgi kunda, mazkur loyihani amalga oshirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilgan va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.Hukumat qarori tasdiqlangandan soʻng 10 kun ichida Adliya vazirligi tomonidan qarz bitimiga yuridik xulosa berilishi kutilmoqda.Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi yuridik xulosani olgandan soʻng, loyiha tasdiqlangan mexanizmga asosan amalga oshiriladi.Loyiha natijasi: Loyiha doirasida 40 MTT yaratilishiva jihozlanishi koʻzda tutilgan. Natijada 4,5 ming bola maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinadi (Umumiy qamrovni 0.5% ga oshiradi).Loyiha amalga oshiriladigan hududlar:Respublikaning barcha hududlaridaLoyiha muddati: 2021-2023Hamkorlik xronologiyasi:2019-yil 23-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab koordinatsion guruhi fondlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 428-sonli qarori tasdiqlandi.Tashqi ishlar vazirligiga 2020-yil 3-fevraldagi maktub bilan Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi loyihaning Oʻzbekistonda amalga oshirilishini ijobiy koʻrib chiqish toʻgʻrisida eslatma yubordi.Kredit shartnomasi loyihasini ishlab chiqish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Saudiya Arabistonini rivojlantirish jamgʻarmasi vakillari oʻrtasida bir necha marotaba videokonferensiya orqali muhokama qilindi va 2020-yilning dekabr oyida Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatli shaxslari tomonidan Kredit shartnomasi imzolandi.Loyihani amalga oshirish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori ishlab chiqildi. Ayni paytda hujjat idoralararo kelishuvdan oʻtgan va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan.