OAV biz haqimizda
"Bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish kengaymoqda". Batafsil:? https://yuz.uz/ru/news/rasshiryaetsya-oxvat-detey-doshkolnm-obrazovaniem
BatafsilJoriy yilning 14 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u maktabgacha ta'lim, tarbiyachi yordamchisi, oshpaz va jismoniy tarbiya o'qituvchisi mutaxassisliklari bo'yicha tahsil olayotgan Taxiatosh pedagogika kollejiga tashrif buyurdi. Batafsil:?https://yuz.uz/ru/news/ministr-doshkolnogo-obrazovaniya-respubliki-uzbekistan-posetila-respubliku-karakalpakstan
1. Maktabgacha ta`lim. Kecha va bugun. 2. Ta`lim jarayonini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi. 3. “S board” mobil dasturi ishga tushiriladi. 4. Hamon islohotlar mohiyatini tushunmayotgan maktabgacha ta`lim tashkiloti rahbarlari bor. Batafsil:? 28_son_2021-bolalar-sporti-2
O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida yangi dastur ishga tushiriladi Maktabgacha taʼlim vazirligi Koreyaning "Edulink" kompaniyasi bilan birgalikda "S board" mobil taʼlim dasturini ishga tushirdi. Birinchi bosqichda loyiha Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan dastur maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tarbiyachilar, ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi. Mobil dastur platformasida yaratish va joylashtirish orqali maktabgacha taʼlim sifatini yaxshilash, raqamli hisobot qogʼoz turlaridan bosqichma-bosqich tish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ota-onalar o‘ zaro ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan. Matematika asoslari, o‘zbek tili va boshqa chet tillarini o‘qitish uchun o‘quv videokliplarining "S board" dasturiy taʼminot doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Eʼtiborlisi, mobil dastur ishlab chiqilishining barcha bosqichlari «Ilk Qadam» davlat o‘quv dasturi hamda maktabgacha taʼlim va tarbiya Davlat standarti hamda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘ yiladigan davlat talablariga muvofiq aniq amalga oshiriladi. "S board" ilovasi “Google Play" "App Store" va "Apple" onlayn do‘konlarida bepul yuklab olish mumkin. "S board" mobil ilovasining ishga tushirilishi ota-onalar, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining butun pedagogik jamoasi uchun muhim voqea bo‘ladi va Mustaqil O‘zbekistonning taʼlim salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.Manba: Darakchi.Batafsil: ?http://darakchi.uz/uz/127794
Hamon islohotlar mohiyatini tushunmayotgan bogʼcha mudiralari bor. Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavluda Аsqarxoʼjaeva АOKАda oʼtkazilgan brifingda ijtimoiy tarmoqlar orqali yoʼllangan murojaatlar yuzasidan olib borilgan oʼrganishlar natijalarini maʼlum qildi.Unga koʼra, Qoʼqon shahridagi 8-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida joriy yilning 16 iyulь kuni Fargʼona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi mutaxassislari tomonidan oʼrganish oʼtkazilgan. Oʼrganish davomida mazkur bogʼchada mehnat va ijro intizomi taʼminlanishida bir qator qonun buzilishi holatlariga yoʼl qoʼyib kelinayotganligi, eng achinarlisi, tashkilotda jami 28 nafar tarbiyalanuvchi yoʼllanmasiz, yaʼni noqonuniy ravishda tarbiyalanib kelinayotganligi aniqlangan. Bu – noqonuniy ravishda qabul qilingan 28 nafar bolaning tashkilotga qonun talablari asosida qabul qilingan tarbiyalanuvchilarga ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlar hisobidan ovqatlantirilishiga sabab boʼlgan. Yuqoridagi holatlar Fargʼona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasining Kasaba uyushmasi yigʼilishida muhokama qilinganida 8-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida yoʼl qoʼyilgan qonun buzilishi holatlari toʼplangan hujjatlar va xodimlarning tushuntirish xatlari asosida oʼz tasdigʼini topgan. Shuningdek, oʼrganish natijalari boʼyicha tashkilot direktori N.Shukurova tomonidan taqdim qilingan tushuntirish xatida, haqiqatdan ham oʼrganishda aniqlangan qonun buzilishi holatlariga yoʼl qoʼyganligi maʼlum qilinib, aniqlangan holatlarni 3 kun muddatda bartaraf etilishi va boshqarmaga axborot berishi bildirilgan. Аmmo N.Shukurova oʼz tushuntirish xatida maʼlum qilgan muddat davomida aniqlangan holatlarni bartaraf etish choralari koʼrmagan. Hatto boshqarmaning tushuntirish berish va Kasaba uyushmasi yigʼilishida ishtirok etish yuzasidan chaqiruvlariga sababsiz munosabat bildirmasdan kelgan. Yuqoridagilarga koʼra, Fargʼona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi Kasaba uyushmasi tomonidan M.Shukurova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 4-bandiga asosan bekor qilish uchun rozilik berilganligi bois, 8-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori N.Shukurova bilan boshqarma oʼrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi joriy yilning 24 avgust kuni 178-sonli buyruq bilan bekor qilinib, N.Shukurova egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Mohigul Qosimova, OʼzА Batafsil:?https://uza.uz/uz/posts/hamon-islohotlar-mohiyatini-tushunmayotgan-bogcha-mudiralari-bor_300621
Bolalarda botulizm kasalligining klinik belgilari kuzatilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavluda Аsqarxoʼjaeva ishtirokida oʼtkazilgan brifingda Toshkent shahri Mirobod tumani hamda Toshkent viloyati Oqqoʼrgʼon tumanidagi bogʼchalarda roʼy bergan zaharlanishlar haqida maʼlumot berildi.Unga koʼra, joriy yil 26 avgust kuni Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 64-maktabgacha taʼlim tashkilotining 6 nafar, 247-maktabgacha taʼlim tashkilotining 2 nafar tarbiyalanuvchisi oʼtkir ichak infektsiyasi belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan. 31 avgustь kuni tarbiyalanuvchilar ahvoli normallashgan va oʼz uylariga chiqarilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan oʼrganish olib borilmoqda. Oʼrganish natijalari va laboratoriya javoblari asosida qoʼshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi. Shuningdek, joriy yilning 5-10 avgust kunlari Toshkent viloyati Oqqoʼrgʼon tumanidagi 5-maktabgacha taʼlim tashkilotining 32 nafar tarbiyalanuvchisi intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalariga yotqizildi. Mutaxassislar maʼlumotlariga koʼra, bolalarda botulizm kasalligining klinik belgilari kuzatilgan. Bugungi kunda barcha bolalar yashash joyi boʼyicha tibbiy nazoratga olinib, kasalxonadan uylariga ruxsat berildi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov xarakatlari tugagach, maʼlumot beriladi va aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʼriladi. Mohigul Qosimova, OʼzА Batafsil:? https://uza.uz/uz/posts/mavluda-asqarxozhaeva-bolalarda-botulizm-kasalligining-klinik-belgilari-kuzatilgan_300608
Oʼzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida yangi dastur ishga tushiriladi. O‘zbeistonda maktabgacha taʼlim tizimida Koreya bilan hamkorlikda yaratilgan «S board» dasturi ishga tushiriladi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi axborot xizmat xabar berdi. Birinchi bosqichda loyiha Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan dastur maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tarbiyachilar, ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi. Maʼlum bo‘lishicha, Koreyaning «Edulink» kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan loyiha birinchi bosqichda Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimida amalga oshiriladi.Platformada yaratish va joylashtirish maktabgacha taʼlim sifatini yaxshilash, raqamli hisobot qog‘oz turlaridan bosqichma-bosqich o‘tish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, dasturda matematika asoslari, o‘zbek tili va boshqa chet tillarini o‘qitish uchun o‘quv videokliplar ham jamlangan.mobildastur ishlab chiqilishining barcha bosqichlari «ilk qadam» davlat o‘quv dasturi hamda maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat standarti hamda maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Аvvalroq O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim qamrovi necha foizni tashkil etishi xabar qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda qancha xususiy bog‘cha bitim majburiyatini bajarmagani maʼlum qilingan. Batafsil:?https://bugun.uz/2021/09/10/ozbekistonda-maktabgacha-talim-tizimida-yangi-dastur-ishga-tushiriladi
? “S board” mobil dasturi ishga tushiriladi. ? Ilovani onlayn do‘konlarida bepul yuklab olish mumkin bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan eng yaxshi innovatsion taʼlim dasturlarini yurtimiz sharoitiga jalb etish va moslashtirish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi Koreyaning “Edulink” kompaniyasi bilan birgalikda “S board” mobil taʼlim dasturini ishga tushiradi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi. Birinchi bosqichda loyiha Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan dastur maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tarbiyachilar, ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi. Mobil dastur platformasida yaratish va joylashtirish orqali maktabgacha taʼlim sifatini yaxshilash, raqamli hisobot shakliga bosqichma-bosqich o‘tish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ota-onalarga o‘zaro ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan. Matematika asoslari, o‘zbek tili va boshqa chet tillarini o‘qitish uchun o‘quv videokliplarining “S board” dasturiy taʼminoti doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mobil dastur ishlab chiqilishining barcha bosqichlari “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi hamda maktabgacha taʼlim va tarbiya Davlat standarti hamda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq aniq amalga oshiriladi. Maʼlumot uchun, “S board” ilovasini “Google Play App Store” va “Apple” onlayn do‘konlarida bepul yuklab olish mumkin bo‘ladi. Batafsil: ? https://yuz.uz/news/s-board-mobil-dasturi-ishga-tushiriladi
Batafsil"Ilm yo‘li" nima berdi?Mazkur dastur qanday va u orqali bolalar nimalarni o‘rganishi mumkin?Umuman bugun tayyorlov guruhlariga qamrov va u yerda ta`lim beradigan kadrlar bilan bog‘liq vaziyat qanday. 2. Nega bog‘chaga 3 yoshdan olinadi?Yosh chegaralarining sababi nima va bu qanday mezonlar asosida belgilanadi. Batafsil: ? zamonaviy-ustoz_23-24-son_compressed-2Скачать
Muhim yangilik: «S board» mobilь dasturi ishga tushiriladi Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan eng yaxshi innovatsion taʼlim dasturlarini Oʼzbekiston Respublikasi sharoitiga jalb etish va moslashtirish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi Koreyaning «Edulink» kompaniyasi bilan birgalikda «S board» mobil taʼlim dasturini ishga tushiradi.Birinchi bosqichda loyiha Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimida amalga oshiriladi. Vazirlik matbuot xizmati rahbari Mavluda Аsqarxoʼjaevaning taʼkidlashicha, ishlab chiqilgan dastur maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tarbiyachilar, ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi. Mobil dastur maktabgacha taʼlim sifatini yaxshilash, raqamli hisobotga bosqichma-bosqich oʼtish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ota-onalarga koʼmaklashish uchun moʼljallangan. Matematika asoslari, oʼzbek tili va boshqa chet tillarini oʼqitish uchun oʼquv videokliplarining «S board» dasturiy taʼminot doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Eʼtiborlisi, mobilь dastur ishlab chiqilishining barcha bosqichlari «Ilk qadam» davlat oʼquv dasturi hamda maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat standarti hamda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʼyiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Mohigul Qosimova, OʼzА Batafsil:?https://uza.uz/uz/posts/muhim-yangilik-s-board-mobil-dasturi-ishga-tushiriladi_299825
Variativ o‘quv dasturidan foydalanilmoqda. Batafsil:? 27_son_2021-bolalar-sportiСкачать
Besh yilda nimalarga ulgurdik? Batafsil: ?25-son-bolalar-sportisСкачать
Respublikamiz maktabgacha va boshlang‘ich ta`limning ilg‘or milliy hamda xorijiy tajribalar bilan qiyoslash tahlili. Manba: Sirdaryo viloyati xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi. Batafsil:? TЎPLAM-2020Скачать
Batafsil: ?modelirovanie-predmetno-prostranstvennoy-razvivayuschey-sredy-v-doshkolnoy-obrazovatelnoy-organizatsii-v-kontekste-gosudarstvennoy-uchebnoy-programmy-respubliki-uzbekistanСкачать