Press-relizlar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Miya inson hayotining dastlabki yillarida har qachongidan tezroq rivojlanishini bilarmidingiz?

Farzandingizning miya rivojlanishi haqida ko'proq ma'lumotni ota-onalar uchun tayorlangan birinchi mahorat darsidan bilib olishingiz mumkin. #OtaOnalarOyligi

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida byudjet mablagʻlarini sarflanishi yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Bugun, 14-oktyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida byudjet mablagʻlarini sarflanishi, ichki audit tizimi tomonidan aniqlangan kamchiliklar va koʻrilgan choralar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.  Unda qayd etilishicha, ichki audit xizmati tomonidan 2021-yilning oʻtgan 9 oyi davomida tizimdagi tashkilotlarda jami 282 ta nazorat tadbirlari oʻtkazilgan boʻlsa shundan 106 tasi 37% fuqarolarning murojaatlari asosida oʻtkazilgan. Oʻtkazilgan profilaktika natijasida 5,5 mlrd.soʻmlik mablagʻ va tovarlarning talon-taroj boʻlishi oldi olingan. Tashkilotlar mulkini qayta xatlab inventarizatsiya qilish natijasida 962 mln soʻmlik tovar moddiy boyliklar ortiqchaligi aniqlanib, tashkilot hisobiga qayta kirim qilindi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari toʻliq olinmagan boʻlsada Navoiy viloyati Xatirchi tumani MTB tomonidan 100% pullarni taʼminotchiga oʻtkazib berish oqibatida 152 mln.soʻm muddati oʻtgan debitor qarzdorlik yuzaga kelishiga sabab boʻlgan. Shundan 66 mln.soʻm 2018-2019-yildan buyon undirilmagan va undirish choralari koʻrilmagan. Mulkni sotishdan tushgan mablagʻlardan 242 mln. soʻmi tegishli mahalliy byudjetlarning daromadiga oʻtkazib berilmagan. Davlat xarid qonunchiligi talablariga amal qilmasdan amalga oshirilgan xaridlar – 10,5 mlrd.soʻmni tashkil etgan. Davlat xarid qonunchiligini chetlab oʻtib shartnomalar tuzilishi oqibatida korrupsiya va byudjet mablagʻlarini noqonuniy sarflanishi holatlariga olib keladi. Masalan, Termiz shahar maktabgacha taʼlim boʻlimida tanlov komissiyasi aʼzosi boʻlgan buxgalteriya xodimining turmush oʻrtogʻiga tegishli «Real stroy city» korxonasi joriy taʼmirlash, mebel jihozlar xarid qilish boʻyicha oʻtkazilgan 3,2 mlrd.soʻmlik tanlovda gʻolib deb topilgan. Vaholanki, Davlat xarid qonunida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Oʻtkazilayotgan profilaktika natijasida tovar moddiy boyliklarni xarid qilish va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun davlat xaridlari elektron portaliga joylashtirilgan eʼlonlar notoʻgʻri qoʻyilganligi yaʼni xarid boʻyicha toʻliq maʼlumotlar joylashtirilmaganligi yoki bajarish muddatlarini sunʼiy ravishda kam koʻrsatilishi natijasida 4 mlrd. soʻmlik eʼlonlar bekor qilinib, qayta joylashtirilishi taʼminlandi. Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda tovar moddiy boyliklaridan 6,6 mlrd.soʻm kamomad va noqonuniy oʻzlashtirish holatlari aniqlandi. Shundan ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish haqlari 2,4 mlrd. soʻmni tashkil etadi. 9 oylikda jami 265 ta toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” koʻrik tanlovi natijalari eʼlon qilindi

2021-yil 28-sentyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi Toshkent pedagogika kollejida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” Respublika kasbiy koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya” toʻgʻrisidagi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son, 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil 16-apreldagi 67-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi. Unda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, soha mutaxassislari va tanlov ishtirokchilari qatnashdilar. Koʻrik tanlovning viloyat bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan pedagoglarimiz “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik tanlovining 5 ta nominatsiyasi boʻyicha, 5 nafardan jami 70 nafar pedagoglarimiz oʻz kuch va mahoratlarini sinadilar. Tanlov so'nggida gʻoliblarga Maktabgacha taʼlim vaziri qimmatbaho sovgʻalar, pullik mukofotlarni topshirdi. Shuningdek, faxrli oʻrinlar sohiblari oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlariga imtiyozli qabul qilinish imkoniyatiga ega boʻladi. Nominatsiya nomi1-oʻrin2-oʻrin3-oʻrin3-oʻrinEng yaxshi metodist tarbiyachiXorazm viloyati Yusupova Shaxnoza IsmoilovnaSirdaryo viloyati Kuchmurodova Barno SobitaliyevnaToshkent shahar Raimbekova Madina Mirzoxid qiziToshkent viloyati Sulaymanova Moʻldir Ubaydullo qiziEng yaxshi ijodkor tarbiyachiToshkent shahar Xikmatova Feruza UbaydullayevnaXorazim viloyati Masharipova Zilola Oybek qiziSamarqand viloyati Togʻayeva Dilfuza ErkinovnaQoraqalpogʻiston Respublikasi Eshmuxanova Banu UluqpanovnaInnovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachiSirdaryo viloyati Nuraliyeva Shodiya GʻayratovnaNavoiy viloyati Maxmudova Nasiba NurmuxamedovnaAndijon viloyati Azizova Maftuna Abduqaxxor qiziQashqadaryo viloyati Sattorova Gulsanam SHUxrat qiziEng yaxshi gʻoya muallifiXorazm viloyati Yusupova Risolat YusupboyevnaAndijon viloyati Eminjonova Nilufar AzimjonovnaFargʻona viloyati Madaminova Oydinxon Yusufjon qiziToshkent shahar Mukimova Odina Atxamjon qiziMohir qoʻl ustasiXorazm viloyati Atayeva Muqaddas MatyakubovnaSurxondaryo viloyati Raximova Xosiyat UralovnaNavoiy viloyati Saparova Nasiba KenjayevnaToshkent shahar Abdurazzoqova Madina Qudratullo qizi Maʼlumot uchun, soʻnggi toʻrt yil ichida tizimda bir qancha oʻzgarishlar amalga oshirildi, jumladan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 3 barobarga, 3-7 yoshli bolalarning qamrovi esa 62 foizdan oshdi. Bundan tashqari 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish bilan bir qatorda, ularga sifatli taʼlim va tarbiya berish, buning uchun esa sifatli kadrlar tayyorlash muhim vazifalardan biridir. Bugungi kunda bir qator oliy taʼlim muassasalari, jumladan, ikkita xorijiy mamlakatlar universitetlari filiallarida hamda Maktabgacha taʼlim vaziriligi tasarrufidagi pedagogika kollejlarida maktabgacha taʼlim tizimi uchun pedagoglarni tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bugungi kunda 127 mingdan ziyod pedagog kadrlar faoliyat yuritmoqda. Hukumatimiz tomonidan maktabgacha taʼlim tizimida samarali faoliyat olib borayotgan, farzandlarimizni har tomonlama yetuk shaxs etib tarbiyalashda ulkan hissa qoʻshayotgan pedagoglar mehnatini ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyilgan. “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik tanlovi buning yaqqol misolidir. Maktabgacha taʼlim vaziri Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʼini kengaytirish” loyihasi.

Loyihaning umumiy miqdori: 10.9 mln. AQSH doll., Saudiya Taraqqiyot Jamgʻarmasining kredit mablagʻlari hisobidan.Asos: PQ-5071 (12.04.2021-y.), VMQ-428 (23.05.2020-y.) (6 ilova)Umumiy maʼlumot: Mazkur kredit mablagʻlari maktabgacha taʼlim tizimida DXSH asosida tuzilgan kelishuvlarni (40ta) moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.Holati: Saudiya Taraqqiyot Jamgʻarmasi va Oʻzbekiston hukumati oʻrtasida qarz bitimi imzolandi. Hozirgi kunda, mazkur loyihani amalga oshirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilgan va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.Hukumat qarori tasdiqlangandan soʻng 10 kun ichida Adliya vazirligi tomonidan qarz bitimiga yuridik xulosa berilishi kutilmoqda.Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi yuridik xulosani olgandan soʻng, loyiha tasdiqlangan mexanizmga asosan amalga oshiriladi.Loyiha natijasi: Loyiha doirasida 40 MTT yaratilishiva jihozlanishi koʻzda tutilgan. Natijada 4,5 ming bola maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinadi (Umumiy qamrovni 0.5% ga oshiradi).Loyiha amalga oshiriladigan hududlar:Respublikaning barcha hududlaridaLoyiha muddati: 2021-2023Hamkorlik xronologiyasi:2019-yil 23-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab koordinatsion guruhi fondlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 428-sonli qarori tasdiqlandi.Tashqi ishlar vazirligiga 2020-yil 3-fevraldagi maktub bilan Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi loyihaning Oʻzbekistonda amalga oshirilishini ijobiy koʻrib chiqish toʻgʻrisida eslatma yubordi.Kredit shartnomasi loyihasini ishlab chiqish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Saudiya Arabistonini rivojlantirish jamgʻarmasi vakillari oʻrtasida bir necha marotaba videokonferensiya orqali muhokama qilindi va 2020-yilning dekabr oyida Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatli shaxslari tomonidan Kredit shartnomasi imzolandi.Loyihani amalga oshirish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori ishlab chiqildi. Ayni paytda hujjat idoralararo kelishuvdan oʻtgan va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 132-sonli qaror ijrosiga oid masalalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha maʼlumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining ajralmas bo‘lagiga aylangan. Xususan, bugungi kunda dolzarb masalalardan biri 6 yoshli bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash bo‘lib, soha vakillarining oldida turgan muhim vazifa etib belgilanganligi haqida bugungi matbuot anjumani davomida taʼkidlandi.  Аyniqsa, yurtimizdagi maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olingan jami 669 198 nafar 6 yoshli bolalarning 114 286 nafari qisqa muddatli guruhlarda, 89 240 nafari boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlarida, 311 618 nafari esa maktabga tayyorlov guruhlarida qamrab olinib maktabga tayyorlov ishlari amalga oshirildi. Jumladan, bugungi kunda respublika bo‘yicha 669 198 nafar 6 yoshli bolalardan 515 144 nafari, yaʼni 77%i maktabgacha taʼlimga qamrab olingan. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ–4312-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi”ga muvofiq, maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar qamrovining yangi maqsadli ko‘rsatkichlariga ko‘ra Konsepsiya doirasida qo‘yilgan konseptual maqsad va vazifalarga ko‘ra, 2025 yilga kelib olti yoshli bolalarning majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlariga toʼliq jalb qilish, shuningdek 2030 yilgacha respublikadagi 3-7 yoshdagi bolalarning 80,8 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan 6 yoshli bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash uchun “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim tashkilotning davlat o‘quv dasturi hamda “Ilm yo‘li” variativ o‘quv dasturidan foydalanilmoqda. Bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlash tizimi orqali maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash, kelgusida muvaffaqiyatli oʼquv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni boshlang‘ich taʼlimga sifatli tayyorlash 6 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishning asosiy maqsadlari hisoblanadi. “Bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash”- bu iborani eshitgan yoki o‘qigan barchaga birdek savol tug‘ilishi tabiiydir, yaʼni “bepul” taʼlim xarajatlari qanday qoplanadi? Majburiy bepul taʼlimda xarajatlar to‘liq byudjet hisobidan qoplanadi. 1 nafar bolaga davlat byudjetidan oyiga 416 700 so‘m, yiliga 5 mln. so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Majburiy bepul taʼlimga 2020 yilda 50 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan, 2021 yilda 57,8 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Yuqorida taʼkdlaganimizdek, bugungi kunda 6 yoshli bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar, maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlariga ham qamrab olinadi. Har bir hududda ota-onalar to‘lov miqdorlari bir-biridan farq qiladi: a) qisqa muddatli guruhlar bo‘yicha: Qisqa muddatli guruhlarda bola taʼminoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdori MTTning joylashgan manzili va MTTga oiladan qatnayotgan bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan. Ota-ona to‘lovi miqdori: Oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 38 000 so‘m, viloyat markazida 36 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 32 000 so‘m, tuman markazida 29 000 so‘m, boshqa joylarda 26 000 so‘m; Oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda Toshkent shahrida 26 000 so‘m, viloyat markazida 25 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 23 000 so‘m, tuman markazida 20 000 so‘m, boshqa joylarda 18 000 so‘m. Shuningdek, respublikaning 70 ta tumanlarida joylashgan MTTlarda ushbu miqdorlar ikki baravar kamaytirilgan holda to‘lanadi. b) boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlari bo‘yicha: Boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlarida ota-onalar to‘lovi undirilmaydi. v) maktabgacha tayyorlov guruhlari bo‘yicha: MTTning maktabgacha tayyorlov guruhlarida ota-onalar to‘lovi miqdorlari MTT joylashgan manzili, guruh ish rejimi va MTTga oiladan qatnayotgan bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan. Ota-ona to‘lovi miqdori 9 soatli ish rejimida: Oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 206 000 so‘m, viloyat markazida 199 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 183 000 so‘m, tuman markazida 135 000 so‘m, boshqa joylarda 95 000 so‘m; Oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda Toshkent shahrida 147 000 so‘m, viloyat markazida 141 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 130 000 so‘m, tuman markazida 102 000 so‘m, boshqa joylarda 77 000 so‘m. Ota-ona to‘lovi miqdori 10,5 soatli ish rejimida: Oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 246 000 so‘m, viloyat markazida 238 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 206 000 so‘m, tuman markazida 183 000 so‘m, boshqa joylarda 167 000 so‘m; Oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda Toshkent shahrida 175 000 so‘m, viloyat markazida 169 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 147 000 so‘m, tuman markazida 138 000 so‘m, boshqa joylarda 133 000 so‘m. Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda 6 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish ko‘rsatkichlarining kengayib borishi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish imkoniyatlarini oshiradi. Shuningdek, maktabgacha taʼlimga qamrab olingan bolalar kelgusida boshlang‘ich taʼlim davrida o‘zlarini erkin xis qilishlari, tengdoshlari bilan oson ijtimoiy munosabatlarga kirishish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. 6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich taʼlimga bir yillik tayyorlash guruhlari hamda qisqa muddatli guruhlar bolalarini to‘liq kunli maktabgacha taʼlim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki muayyan sabablarga ko‘ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Matbuot anjumani davomida OAV vakillari vazirlik rahbariyati va xodimlariga savollar bilan murojaat qilib, o'zlarini qiziqtirgan kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Maktabgacha taʼlim sohasining 2017-2021 yillar davomida erishilgan yutuqlari va keyingi istiqbolli rejalari” mavzusidagi xalqaro matbuot anjumani tafsilotlari

Joriy yilning 4 avgust kuni Xalqaro Press-klub binosida “Maktabgacha taʼlim sohasining 2017-2021 yillar davomida erishilgan yutuqlari va keyingi istiqbolli rejalari” mavzusidagi xalqaro matbuot anjumani boʼlib oʼtdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligidan masʼullar, sohaga aloqador xorijiy mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Mazkur matbuot anjumani xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlim sohasida 2017-2021 yillar davomida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga kiritilgan innovatsion pedagogik texnologiyalar, qamrovni oshirish yuzasidan olib borilayotgan samarali ishlarning natijalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi. Shuningdek, nodavlat sektorning ulushi, bir yillik majburiy maktabgacha tayyorlovning maqsadi va natijadorligi hamda hamkorlik doirasida olib borilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.Yurtimizda 34,5 mln. aholi istiqomat qilib, shundan 2,8 mln.ni 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi. Bunda aholining yillik o‘sishi 800 ming bolaga to‘g‘ri kelmoqda.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlarga bo‘linadi: umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari 3-7 yoshgacha, maxsus taʼlimga ehtiyoji boʼlgan bolalar uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlari 2-7 yoshgacha hamda bepul majburiy bir yillik maktabga tayyorlov esa 6 yosh boʼlgan bolalarni qamrab oladi.Mamlakatimizda 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yillar hisobiga nazar tashlasak, 2017 yilda 708,247 nafar (27,7%), 2018 yilda 932,310 nafar (37,7%), 2019 yilda 1,413,290 nafar (52,3%), 2020 yilda 1,699,566 nafar (60,9%), 2021 yil iyun oyi holatiga 1,760,808 nafar (62,4%) 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan. Bu esa, foizlar ko‘rsatkichi yildan-yilga ortib borganini koʼrsatadi. Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2030 yilga kelib maktabgacha taʼlimga bolalarning 80,8 foizini qamrab olish rejalashtirilgan.Statistik maʼlumotlarga tayanib aytadigan bo‘lsak, mazkur soha rivoji yo‘lida ajratilgan davlat byudjeti xarajatlari yildan-yilga o‘sib borganligini ko‘rish mumkin. Yalpi ichki mahsulotga nisbatan taʼlim xarajatlari ulushidagi davlat byudjeti harajatlari 2017 yil 15,5% ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021 yilga kelib 21,8% ga ortdi. Аnjuman davomida maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etilgandan so‘ng, erishilgan yutuqlar, bartaraf etilgan xato va kamchiliklar hamda istiqboldagi rejalar atroflicha muhokama qilindi.Bugungi kunda 417 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida, Yangi qurilish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash investitsiya maqsadli dasturi va Inqirozga qarshi jamg‘arma mablag‘lari doirasida maktabgacha taʼlim tizimida 32 428 ta yangi ish o‘rni yaratildi, jumladan, ular 18 ta yangi MTT lar qurish uchun 2 580 ta ish o‘rni, 131 ta bo‘sh turgan obyektni foydalanishga topshirish uchun 17 270 ta ish o‘rni, mavjud davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rekonstruktsiya qilish uchun 12 578 ta ish o‘rni hisobidan yaratildi.2020 yil oxirida 376 ta obyektda qurilish-montaj ishlari yakunlandi, jumladan 17 ta MTT qurilishi hisobiga 2 460 ta, 122 ta bo‘sh turgan obyekt rekonstruktsiya qilinishi hisobiga 15 895 ta, 237 ta bo‘sh turgan MTTni rekonstruktsiya qilish hisobiga 11 073 ta yangi joylar yaratilgan bo‘lib, umumiy moliyalashtirish hajmi 1 357,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2017-2021 yillar davomida jami 1449 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Maʼlumot o‘rnida, maktabgacha taʼlim sohasida 2017-2021 yillar davomida jami 91 ta huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilinganini keltirish o‘rinli. Mazkur hujjatlar tarkibini Prezident qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va buyruqlari hamda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar tashkil qiladi.Soha qanchalik rivojlangani sari maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini ko‘paytirishga talab ortib bormoqda.2017 yilda O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim tashkilotlari 5211 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib 7104, 2019 yil 13530, 2020 yil 18254, 2021 yil iyun oyi holatiga 19316 tagacha yetgan. Shundan, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 6258 tani (32%), nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari esa 13058 tani tashkil etmoqda. Xususiy sektor turlari bo‘yicha xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 795 tani (6%), davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 1051 tani (8%), oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni esa 11 212 tani (86%) tashkil etmoqda.Umumiy o‘rta ta’lim tizimining 1-sinfiga keladigan oʼquvchida maktabga tayyorgarlikning ilk poydevori bo‘lishi lozimligi g‘oyasi ilgari surilgan edi. Bu esa o‘z navbatida maktabgacha taʼlim sohasida maktabgacha qamrovning yo‘lga qo‘yilishi hamda unga 6 yoshdagi bolalar jalb etilishi demakdir. Shu asnoda mazkur yo‘nalishga 2018 yilda 250,669 nafar (44,8%), 2019 yilda 436,003 nafar (69,1%), 2020 yilda 507,145 nafar (77,0%), 2021 yil 1-yarim yil yakuniga kelib esa 515,144 nafar bola (77,0%) qamrab olindi. 2025 yilga kelib 744,532 nafar 3-7 yoshdagi bolani qamragan holda, bu ko‘rsatgichni 100% ga yetkazish rejalashtirilgan. Maktabgacha taʼlim tizimida pedagog-tarbiyachilarning tutgan o‘rni beqiyosdir. Tizimdagi pedagog-tarbiyachilarning oliy maʼlumotli qatlami ortishiga sharoitlar yaratib berilmoqda.2018 yilda oliy maʼlumotli pedagog-tarbiyachilar soni 23 272 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda 34 180 nafarni, 2020 yilda esa 37 000 nafarni, 2021 yilning hozirgi kun holatiga ko‘ra 40 388 nafarni tashkil etmoqda. Bu degani, oxirgi 4 yil ichida 27,6% koʼrsatkich 31,7% ga yetgan.Jumladan, hududlarda maktabgacha taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha fakultetlar va maxsus sirtqi guruhlari yaratildi. Pedagog va tarbiyachilarning oylik maoshi bosqichma-bosqich ko‘tarilib, 70 foizgacha yetkazildi. Qolaversa, oliy taʼlim tashkilotlariga qabul kvotalari oshirilib, sohaga mutaxassislarni tayyorlaydigan Puchon Universiteti va А.I.Gertsen filiali tashkil etildi. Puchon universitetida jami 1 198 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. I.A.Gertsen filialida esa 2021-2022 o‘quv yiliga jami 405 nafar talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan. Аyniqsa, bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha taʼlim olish muddatining 3 yil etib belgilangani mutaxassislarning tezkor yetishib chiqishiga imkon yaratadi.Maktabgacha taʼlim tizimida kichik hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish bo‘yicha davlat talablariga muvofiq va xalqaro standartlar asosida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Maʼlumki, taʼlim jarayonining asosini o‘yin faoliyati tashkil qiladi. Bundan tashqari, bolaga bilim berish bilan birga o‘yin mashg‘ulotlarini o‘tkazish, kommunikativ, ijtimoiy kompetentsiyalar orqali uning shaxsiy fazilatlari rivojlantirib boriladi. Eng asosiysi, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi doirasida har bir maktabgacha taʼlim tashkilotida 5 ta rivojlanish markazlari tashkil etilgan bo‘lib, pedagog-tarbiyachilar bolajonlarga qurilish va matematika, sanʼat, ilmiy va tabiat, til va nutq, syujetli-rolli o‘yinlar kabi yo‘nalishlarda tahsil berishmoqda. Maktabgacha taʼlimning muqobil shakliga binoan, 2020 yil 1-bosqichga asosan loyiha doirasida 44 ta olis hududlardagi mahallalarda yashovchi1 536 nafar bolalar maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ularning muassasaga kelib-ketishlarini yengillashtirish maqsadida, 16 ta ISUZU rusumli avtobuslar qatnov uchun qo‘yib berildi. 2021 yildagi 2-bosqichga binoan mazkur raqamlar kengaytirilib, 49 ta ISUZU avtobuslari qatnovga yo‘naltirildi. 98 ta borish qiyin bo‘lgan mahallalarda yashovchi jami 4 700 nafar bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlariga kelib-ketishlariga imkon yaratildi.Orol dengizi mintaqasidagi bolalar uchun reabilitatsiya markaziga ega boʼlgan, Markaziy Osiyodagi yagona “Imkon” nomli maktabgacha taʼlim tashkilotining tashkil etilgani bolalarning salomatligi mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. Yiliga 3000 nafar bolani o‘zida sig‘diruvchi mazkur muassasada mayda motorika va vizual faoliyat, defektolog, ovoz darslari shuningdek, fizioterapiya, sportzal, jismoniy davolash, musiqiy terapiya, sensorli xonalari, yopiq basseyn mavjud. Maktabgacha taʼlim vazirligi tegishli sohada Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Singapur, Turkiya, Polsha va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni yoʼlga qo‘ygan. Shu kunga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligi va xorijiy hamkorlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 66 ta memorandum va kelishuvlar imzolangan. Shuningdek, UNISEF, UNESCO, KOICА, JICA, TIKA, EXHT, Jahon banki guruhi, Saudiya taraqqiyot fondi, “Россотрудничество” kabi xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan birgalikda ish olib bormoqda. Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida 141 mln. АQSh dollari miqdorida xalqaro kelishuvlarga erishilgan. Mazkur sarmoyalar grant, homiylik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va davlat kafolati ostidagi kreditlar ko‘rinishida bo‘lib, jahon banki tomonidan 73.8 mln, АQSh hukumati tomonidan 21.5 mln, Koreya Respublikasi va kompaniyalari tomonidan 18,5 mln, Rossiya (Lukoyl kompaniyasi) 12 mln, Saudiya taraqqiyot fondi tomonidan 10.9 mln va boshqa tashkilotlar tomonidan 4,3 mln АQSh dollarlik kelishuvlarga erishilganini aytish o‘rinli. Bundan tashqari, vazirlik tomonidan nodavlat maktabgacha taʼlim tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida, Islom taraqqiyot banki (30 mln.) va Quvayt Arab iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasi (20 mln.) bilan umumiy qiymati50 mln. АQSh dollariga teng bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.Qo‘shimcha maʼlumot sifatida aytish joizki, UNESCO tomonidan 2022 yilda Toshkent shahrida ilk yoshdagi bolalarga tarbiya va taʼlim berish bo‘yicha Butunjahon II konferentsiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.Hozirgi vaqtda maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy etish rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra 2020 yilda BMTning UNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi bilan birgalikda maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini sinovdan o‘tkazish rejalashtirilib 2021 yilda amaliyotga joriy etilmoqda. Shu bilan birga Namangan viloyatining Koson, To‘raqo‘rg‘on, Chust va Norin tumanlari va Xorazm viloyatining Bog‘ot va Qushkupir tumanlarida turli yoshdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi o‘yin guruhlari o‘z faoliyatini boshladi. Dasturni amalga oshirish doirasida turli yosh guruhlarida ishlash bo‘yicha bir qator treninglar o‘tkazildi. Jahon banki bilan birgalikda 2020 yildan boshlab amalga oshirilayotgan “Bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish” loyihasi doirasida maktabgacha taʼlimning turli xil muqobil shakllarini, jumladan respublikaning chekka hududlarida yashovchi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga eʼtibor qaratgan holda “uyga tashrif” va maxsus taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun “Erta rivojlantirish markazlari”ni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan. 2019-2020-yillarda Maktabgacha ta’lim vazirligi JSST mutaxassislari bilan birgalikda bolalarni ovqatlantirish standartlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati hamda ovqat tayyorlash texnologiyasini ko‘rib chiqdi. Bu tamoyillarning barchasini amaliyotga tatbiq etish va bolalarni sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun taomlar retsepti kitobi ishlab chiqildi, unda biz ota-onalarning xohishlari va bolalar ehtiyojlarini aks ettirishga harakat qildik. Shuni ta’kidlashni istardimki, bolalar uchun yangi ovqatlanish standartlaridagi asosiy o‘zgarishlar bolalar ratsionida tuz va shakar darajasi pasaytiriladi, sabzavot va mevalar miqdorini oshiradi va u bolalar ratsionidagi zararli yog‘larni yo‘q qilishga qaratilgan. Shuningdek, oqsillar, uglevodlar va yog‘larning (shu jumladan, to‘yingan/to‘yinmagan) kaloriya tarkibidagi fiziologik me’yorlari o‘zgartirildi, yodlangan tuz, kletchatka va mikroelementlar kiritildi.Mazkur kitob ovqatlanishda odatga aylangan qoidalarni inkor etadi, masalan kompot yoki ichimliklar quruq mevalardan tayyorlansa, shakarsiz bo‘lsa ham mazali va hatto foydali bo‘lishi mumkin; qovoq pyuresi bo‘tqaga shirin ta’m berishi yoki desert sifatida berilishi mumkin, salatga tuz solmasdan limon sharbati bilan ajoyib ta’m hosil qilish, lavlagi sharbati, ko‘katlar yoki ismaloq kabi tabiiy bo‘yoqlardan foydalanib rang kiritsa bo‘ladi. Taqdim etilgan taomlar sog‘lom, to‘yimli, o‘ziga tortadigan va hattoki qiziqarlidir.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishni tashkil etishning va ular uchun tayyorlanadigan taomlarning retseptlari turlari o‘rganib chiqildi va me’yorlar, bolalarning oziq moddalar va zarur energiya manbalari, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalarga ehtiyojlari, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, ularning sifat xarakteristikalari, sifatsiz holda bo‘lishidagi belgilari, ularni tashishga, qabul qilishga, saqlashga, xavfsizligiga, xom mahsulotlarga ularning tarkibiga, markirovkasiga taomnoma tuzishga qo‘yiladigan barcha talablar ishlab chiqildi va ushbu tamoyillarning barchasini amaliyotga tatbiq etish va bolalarni sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Bog‘chalar uchun taomlar retsepti” Aqlvoy oshpaz kitobi ishlab chiqildi va2021 yil 1 iyun kuni taqdimoti o‘tkazildi.Tadbir so‘ngida ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar tegishli mutasaddilardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri hamda AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi va “Mehribonlik korpusi” (“Mercy Corps”) tashkiloti vakillari bilan uchrashuvi, “Xavfsizlik uchun oziq-ovqat” dasturini amalga oshirish boʻyicha “Mercy Corps” xalqaro notijorat tashkiloti bilan Memorandum imzolanish marosimi toʻgʻrisida

Joriy yilning 27-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali oʻrtasida oʻzaro MEMORANDUM imzolandi. Mazkur memorandum doirasida Oʻzbekistonda MakGovern-Doul xalqaro taʼlim uchun oziq-ovqat dasturi (keyingi oʻrinlarda - Loyiha)ni amalga oshirish doirasida maktabgacha taʼlim tizimida bolalar ovqatlanishi sohasida hamkorlik qilish yuzasidan oʻzaro fikr hamda kelishuvlar almashinuvi tashkil etildi.Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga asoslanadi va muvofiqlashtiriladi. Maʼlumot oʻrnida shuni aytish joizki, Memorandum Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi 4887-sonli “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga va 2019-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan.Maʼlumki, Maktabgacha taʼlim vazirligining asosiy vazifalaridan biri, sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iboratdir. Mercy Corps Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda davlat maktabagacha taʼlim tashkilotlaridagi, tarbiyalanuvchilarning sogʻlom ovqatlanish sharoitlarini yaxshilash boʻyicha ish olib boradi. Shuningdek, AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligi (USDA) tomonidan moliyalashtiriladigan va Mercy Corps amalga oshiradigan ushbu loyiha mahalliy, mintaqaviy va milliy darajadagi turli hamkorlar tomonidan tarbiyalanuvchilarning sogʻlom ovqatlanishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida mavjud hukumat va rivojlanish boʻyicha hamkorlarning tashabbuslariga mos hamda ularga asoslangan holda muvofiqlashtirilganligi bilan ajralib turdi.Tadbir davomida loyihaning umumiy qiymati 21 mln. 705 ming (yigirma bir million yetti yuz besh ming) AQSH dollarini tashkil qilishi, hamda mazkur raqamlar tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligi (USDA) tomonidan tasdiqlangan holda oʻzgartirilishi mumkinligi xususida soʻz yuritildi.Loyihani amalga oshirishda Tomonlar toʻgʻridan-toʻgʻri, vakolatli hamkorlari va vakillari tomonlar kelishuviga koʻra ishtirok etishlari mumkin. Oshxona, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi infratuzilmasini takomillashtirishiga talab boʻlgan 410 davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari MTV tomonidan tanlab olinadi. MakGovern-Doul xalqaro Taʼlim uchun oziq-ovqat dasturi doirasida Mercy Corps qoʻshimcha 35 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oshxona, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi infratuzilmasini takomillashtirishni amalga oshirish boʻyicha “ACTED” (Texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligi) bilan hamkorlik qiladi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan ushbu 35 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tanlab olinadi. Memorandumda Mercy Corps va “ACTED” oʻrtasida oʻzaro imzolangan grant shartnoma loyihaning ajralmas qismi hisoblanishi taʼkidlandi. Tadbir soʻngida Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar tegishli mutasaddilardan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“So‘nggi 5 yil ichida maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlar va natijalarni baholash” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani haqida

(Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarining so‘nggi 5 yil ichida maktabgacha ta’lim tizimidagi yutuq va kamchiliklarini OAV bilan hamkorlikda tahlil qilish) Maktabgacha ta’lim tizimida 2017-yilda mamlakatimizda 5211 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 2 557 931 nafar boladan 708 247  nafarni yoki 27,7 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olingan edi. (Press-relizga ilova qilingan slaydda so‘nggi 5 yillik barcha ma’lumotlar infografikada keltirilgan.) Xususan, Jizzax viloyatida 172 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib,    3-7 yoshdagi bolalarni 147 967 nafar boladan 24 265  nafarni yoki 16,4 % ni , Namangan viloyatida 462 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 183 705 nafar boladan 54 141  nafarni yoki 29,5 % ni, Qashqadaryo viloyati 332 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 259 194 nafar boladan 55 871 nafarni yoki 21,6 % ni,  Samarqand viloyati 565 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 285 077 nafar boladan 75 087  nafarni yoki 21 % ni, Toshkent viloyatida  441 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 220 274 nafar boladan 59 989  nafarni yoki 27,2% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan. 2018-yil holatiga kelib mamlakatimizda 7104 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 2 473 145 nafar boladan 932 310  nafari yoki 37,7 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Xususan, Jizzax viloyatida 242 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib,    3-7 yoshdagi bolalarni 132 868 nafar boladan 35 656  nafarni yoki 26,8 % ni , Namangan viloyatida 636 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 184 288 nafar boladan 79 023  nafarni yoki 42,9 % ni, Qashqadaryo viloyati 595 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 241 843 nafar boladan 68 602 nafarni yoki 28,4 % ni,  Samarqand viloyati 637 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 305 068 nafar boladan 79 262  nafarni yoki 26 % ni, Toshkent viloyatida  681 ta maktabgacha ta’lim tashkilotidan  199 077 nafar boladan  nafarni yoki 40,7% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan. 2019-yilda mamlakatimizda 13 530 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 2 701 462 nafar boladan 1 413 290  nafari yoki 52,3 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Xususan, Jizzax viloyatida 725 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 111 890 nafar boladan 63 473  nafarni yoki 56,7 % ni , Namangan viloyatida 1210 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 227 968 nafar boladan 118 331  nafarni yoki 51,9 % ni, Qashqadaryo viloyati 1558 ta 110 532 nafarni yoki 38,7 % ni,  Samarqand viloyati 2027 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 323 916 nafar boladan 163 231  nafarni yoki 50,4 % ni, Toshkent viloyatida  823 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 218 888 nafar bolalardan, 108 881  nafarni yoki 49,7% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan. 2020-yilda mamlakatimizda 18 254 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 2 792 806 nafar boladan 1 699 566  nafari yoki 60,9 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Xususan, Jizzax viloyatida 990 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib,    3-7 yoshdagi bolalarni 117 363 nafar boladan 76 253  nafarni yoki 65 % ni , Namangan viloyatida 1 618 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 238 592 nafar boladan 149 983 nafarni yoki 62,9 % ni,  Samarqand viloyati 2421 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 337 121 nafar boladan 212 229  nafarni yoki 63 % ni, Toshkent viloyatida  1034 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 220 595 nafar bolalardan, 119 951  nafarni yoki 54,4% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan. Shuningdek, joriy yilning 1-yarim yillik yakunlari bo‘yicha mamlakatimizda 19 316 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi 1 707 860 nafar bolalar yoki 62,4 % ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.  Xususan, Jizzax viloyatida 1010 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 81 062 nafar bolalar yoki 67,5 % ni , Namangan viloyatida 1743 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 155 720 nafar bolalar yoki 64,2 % ni,  Samarqand viloyati 2487 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalarni 215 643 nafar bolalar yoki 63,2 % ni, Toshkent viloyatida  1101 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, 220 595 nafar bolalardan, 125 166  nafarni yoki 57,3% ni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olgan.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Namangan viloyatida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muqobil guruhlarning ochilishi

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan ilgʻor islohotlar amalga oshirilmoqda. Maʼlumki, turli islohotlarning harakatlantiruvchi kuchi taʼlimdir va maktabgacha taʼlim ham bundan mustasno emas. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, “Maktabgacha taʼlimni boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentyabrdagi PQ-3955-sonli, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga vazifa yuklatilgan boʻlib, maktabgacha taʼlimning yangi muqobil shakllarini, shu jumladan, maktabgacha taʼlimning standart shakllarini respublikaning chekka hududlarida joriy etish. Xalqaro tadqiqotlar tasdiqlaganidek, bolalarning intellektual qobiliyatlarining rivojlanish davrining 70 foizi maktabgacha yoshga toʻgʻri keladi. Ushbu guruhlar oʻyin, kognitiv, hayajonli bolalar faoliyatida bolaning shaxsiyatining uygʻun rivojlanishini taʼminlashga imkon beradi va ularni boshlangʻich maktabda oʻqishga sifatli tayyorlaydi. Loyiha doirasida Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF) bilan hamkorlikda 2021-yil 6-iyulda Namangan viloyatining3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun guruhlarning ochilish marosimi quyidagi tumanlarda boʻlib oʻtdi: Kosonsoy tumanidagi pedagogika kollejida, Toʻraqoʻrgʻon iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida, Norin tumanining “Soy boʻyi, mahallasida, Chust pedagogika va servis kollejida hammasi boʻlib 4 ta guruh ishga tushirildi, ushbu guruhlarda 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qatnashadilar, jami 9 ta mahalla qamrab olinadi, u yerda 200 nafar bola maktabga sifatli tayyorgarlik koʻrish imkoniyatiga ega boʻldi. Шунингдек, қишлоқ аҳолиси уйларининг ёнида мактабгача таълим хизматларидан фойдаланиш имкониятига эга бўлдилар. Ушбу гуруҳларда бинолар қайта жиҳозланди, мебел, ўқув, услубий, дидактик материаллар болалар учун ўйинлар ва ўйинчоқлар сотиб олинди ва етказиб берилди, тарбиячилар ва методистлар юқори сифатли педагогика асосида замонавий педагогик технологияларни жорий этиш бўйича ўқитилди. Har bir guruhda bitta tarbiyachi va bitta yordamchi tarbiyachi boʻladi. Bolalarning guruhlarda qolish vaqtlari 3-4 soatni tashkil etadi, taʼlim jarayonini bir yoki ikki smenada, ovqatlanish tashkil etilmagan holatda. Ochilish marosimida Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasining (YUNISEF) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzoda, YUNISEFning Oʻzbekistondagi erta rivojlanish va taʼlim boʻyicha maslahatchisi Vazira Nazarova, tuman hokimlari, mahalla qoʻmitalari raislari, ota-onalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, bloggerlar ishtirok etdilar. Bolalar uchun sharbatlar, suv, pishirilgan mahsulotlar, quritilgan mevalar shaklida tashkil etildi. Shuningdek, bolalar uchun koʻngilochar oʻyinlar, animatorlar ishtirokidagi musiqiy dastur tashkil etildi. Marosim yakunida 200 nafar bolaga shaxsiy sovgʻa, oʻquv qurollari uchun bolalarning ryukzagi topshirildi. Ushbu guruhlarning ochilishi bolalarning ota-onalari, aholi, mahalliy hokimiyat va jamoatchilik tomonidan ijobiy baholandi. Avvalroq, 2021-yil may oyida xuddi shu guruhlar ochilib, 200 dan ortiq bolalarni qamrab olgan. Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasining (YUNISEF) Oʻzbekistondagi rahbari

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini korrektsion, pedagogik va reabilitatsiya uskunalari bilan jihozlash dasturining ikkinchi bosqichi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2021 yil mart oyida alohida ehtiyojli bolalarga samarali korrektsion, pedagogik va reabilitatsion yordam ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha boshlangan chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Zamonaviy moddiy-texnik baza malakali o‘qituvchilar va tibbiyot mutaxassislari bilan birga imkoniyati cheklangan bolalar uchun o‘quv dasturlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bularning barchasi tarbiyalanuvchilarning jamiyatga to‘liq moslashish uchun zarur bo‘lganko‘nikma va bilimlarni imkon qadar erta egallashlari va o‘z imkoniyat, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlarini taʼminlashga qaratilgan. Jihozlashning birinchi bosqichi doirasida Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari maxsus asbob-uskunalar, jumladan, ortopedik yurish trenajyorlari, bizibordlar, quruq hovuzlar, maxsus massaj matolari, didaktik materiallarga ega bo‘ldi, buning natijasida ushbu tashkilotlarning o‘nlab tarbiyalanuvchilariga ko‘rsatilayotgan yordam samaradorligini oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi. 2021 yil 3 iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan maxsus texnika topshirishning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. Tayanch-harakat tizimida buzilishi bo‘lgan bolalar uchun maxsus ortopedik, faol hayot va qulay dam olish, bolalardao‘qish-o‘rganish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladigan funktsional stullar; Faol turmush tarzini olib borish va o‘z-o‘ziga ishonish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini beruvchi bolalar aravachalari va xarakatlanuvchi jihozlar, bolaning tayanch-harakat tizimini rivojlantirish va kuch, chaqqonlik, chidamlilik, shuningdek qatʼiyat va maqsadga muvofiqlik kabi jismoniy qobiliyatlarning ko‘rsatishga mo‘ljallangan trenajyorlar kabi ko‘plab uskunalardan tarkib topgan. Аyni paytda Toshkent shahridagi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash va respublikamizning barcha hududlaridagi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zarur asbob-uskunalar bilan jihozlashning navbatdagi bosqichlariga ham faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Mamlakat bo‘ylab 70 ta ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti yil oxirigacha zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi kutilmoqda. Maʼlumot uchun: Korrektsion-pedagogik va reabilitatsiya uskunalari Chilonzor tumanidagi (289 sonli KTIMTT), Qibray tumanidagi (34 sonli KTIMTT) va O‘rta Chirchiq tumanidagi ( Pedagogika kolleji) ko‘p tarmoqli MTTlarda tarbiyalanuvchi nogironligi bor bolalarga maxsus uskunalar tarqatiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi va YUNISEF oʻrtasida hamkorlik davrida amalga oshirilgan ishlar.

2018-2021-yillarda YUNISEF bilan hamkorlikda koʻplab loyihalar amalga oshirildi, ularning asosiylari quyidagilar: I. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini ishlab chiqish va koʻpaytirishda texnik yordam koʻrsatilishi.2018-yilda YUNISEF (xalqaro va mahalliy taʼlim mutaxassislari bilan) erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun davlat talablarini hamda “Ilk qadam” oʻquv dasturini ishlab chiqib koʻpaytirishda (10 000 ta) koʻmaklashdi.Davlat talablari va maktabgacha taʼlimning “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda qoʻllashda trenerlar uchun oʻquv toʻplami (modul), shuningdek ushbu materiallarning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlovchi oʻquv-uslubiy material ishlab chiqildi;YUNISEF va Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi hamda erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun davlat talablarini amaliyotga joriy etilishi yuzasidan 31 nafar ustoz-murabbiylarni tayyorlash boʻyicha qator oʻquv seminarlari oʻtkazildi.2020-yil avgust oyida “Ilk qadam” oʻquv dasturini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash uchun 6 ta uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqilishi tugallandi.II. Taʼlimni boshqarish va axborotni ishlab chiqarish boʻyicha “OpenEMIS” dasturi ishlab chiqarish, joriy etishda koʻmaklashilishi.2018-yil 1-aprelda - YUNISEFning moliyaviy koʻmagi bilan “OpenEMIS” dasturi ishlab chiqilib joriy etildi.III. Maktabgacha taʼlim boʻyicha muqobil va innovatsion xizmatlarni modellashtirishni qoʻllab-quvvatlanishi.YUNISEF bilan yurtimizning olis tumanlarida maktabgacha taʼlimning muqobil shaklini tashkil etishda ehtiyojlarni baholash jarayonlari oʻtkazildi, maktabgacha yoshdagi bolalarni qamrab olishda eng past koʻrsatkichli ikkita hudud aniqlandi: Xorazm viloyati qishloq joylari (Bogʻot, Qoʻshkoʻpir tumanlari), Namangan viloyati (Koson, Norin tumanlari).IV. Maktabgacha taʼlim pedagogining kasbiy standartini ishlab chiqishga koʻmaklashilishi.2020-yil 14-fevralda - Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi doirasida YUNISEFning texnik koʻmagi bilan maktabgacha tarbiyachining kasbiy standartini ishlab chiqishga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi;V. Taʼlim sifatini baholash tizimini ishlab chiqishda koʻmaklashilishi.YUNISEF va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda taʼlim sifati uchun oʻquv jarayoni sifatini baholash tizimi ishlab chiqilgan, asosiy koʻrsatkichlarni baholash tizimi tasdiqlangan. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun badiiy oʻquv rangli bukletlarni yaratish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqildi, buning asosida kitoblar yaratildi va nashrga tavsiya etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi va Jahon banki Oʻzbekistondagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga oʻyin metodlari orqali taʼlim berishni qoʻllab-quvvatlaydi.

Oʻzbekiston hukumatining ustuvor vazifalaridan biri butun Oʻzbekistonda bolalarning maktabgacha taʼlim olish imkoniyatlarini takomillashtirish va shunday taʼlimning sifatini oshirishdan iborat. Jahon banki Maktabgacha taʼlim vazirligi (MTV) bilan hamkorlikda ushbu maqsadga erishish hamda 3-7 yoshli bolalarga maktabgacha taʼlim xizmatlaridan samarali foydalanish imkonini taqdim etishga qaratilgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydi. 2019-yilning may oyida Jahon banki Oʻzbekiston hukumatiga mamlakatda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihani amalga oshirishga yordam berish maqsadida 74 mln AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratdi. Bundan tashqari, mazkur loyiha maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilarini turli pedagogik metodikalar boʻyicha oʻqitishni moliyalashtirishni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, butun mamlakat boʻylab 1 milliondan ortiq oʻgʻil va qiz bolalar qatnaydigan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari zamonaviy, bolalar uchun maxsus moʻljallangan jihoz va mebel, oʻquv-metodik materiallar, oʻyinlar, oʻyin hududlari, va kompyuterlarga ega boʻladilar. MTV maktabgacha taʼlim muassasalari va uyda taʼlim berish amaliyotiga oʻqitishni oʻyin vositalari bilan integratsiyalashga koʻmaklashuvchi tashabbusni joriy etmoqda. Jahon banki tomonidan boshqariluvchi, koʻplab donorlar ishtirokidagi “Ilk yoshdagi bolalarni oʻqitish boʻyicha hamkorlik” trast jamgʻarmasi tomonidan taqdim etilgan 155 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mazkur tashabbusni amalga oshirishga koʻmaklashadi. Ushbu tashabbus, shuningdek, bolalarning maktabga tayyorlik darajasini oshirish maqsadida yuqorida nomi keltirilgan loyihani yanada toʻldirishga qaratilgan. “Oʻqitishning oʻyinga asoslangan innovatsion yondashuvlari” tashabbusi bolalarga oʻyin vositasida taʼlim berish imkonini taqdim etish orqali butun mamlakatdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Oʻyin jarayonida oʻqitish bolalardagi mavjud qobiliyatni toʻlaqonli ochib beradi, shuningdek, ularni butun hayoti davomida oʻqishga, hamkorlik qila olishga, muammolarni hal qilishga oʻrgatish bilan bir qatorda ijodiy fikrlovchi va eʼtiborli yetakchi boʻlib yetishishlariga zamin yaratadi. Bu esa ularni bugungi oʻzgaruvchan zamonda muvaffaqiyat yoʻlidan borishlariga koʻmaklashadi», – dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin xonim. Taqdim etilgan grant interaktiv vositalarni ishlab chiqishni moliyalashtiradi. Ushbu vositalardan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari ham, ota-onalar ham birday foydalana oladilar. Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻyinga asoslangan taʼlim resurslari va tarbiyachilarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kursi ishlab chiqiladi hamda ular alohida ishlab chiqilgan mobil dasturiy taʼminot vositasida joriy etiladi. Dastur auditoriyada oʻqitishning oʻyinga asoslangan metodlaridan foydalanish boʻyicha tarbiyachilar malakasini oshirishga moʻljallangan interaktiv videomodullarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, mobil dasturiy taʼminot MTVning ota-onalar bilan hamkorligini mustahkamlashga koʻmaklashadi. Ota-onalarga uyda oʻyin jarayonida taʼlim berishni oʻrgatish boʻyicha seminarda ishtirok etish tavsiya etiladi. Ota-onalar, buvi va buvalar hamda aka-uka va opa-singillar uchun moʻljallangan maxsus materiallardan foydalanish imkoni ham taqdim etiladi. “Jahon banki Oʻzbekiston hukumatining 2017-yildan buyon maktabgacha taʼlim berishni kengaytirish bilan bogʻliq masalalarda erishgan yutuqlarini eʼtirof etadi. Biz MTVni bolalarni maktabga yanada yaxshiroq tayyorlaydigan va ularga, keyinchalik – voyaga yetgach, jamiyatning faol aʼzosi boʻlib yetishishlariga yordam beradigan zarur bilim va koʻnikmalarni oʻrgatish bilan bogʻliq faoliyatida bundan keyin ham qoʻllab quvvatlaymiz”, – dedi Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Marko Mantovanelli.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish va unda xususiy sektor ulushini oshirish, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni bepul maktabga tayyorlash tizimi orqali keng qamrab olish borasida belgilangan ustuvor vazifalar”

Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida yil davomida 16 nomdagi “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati”, “Men ham harbiy bo‘laman”, “Navoiyga ehtirom”, “Bobur ruboyilarini o‘rganamiz”, “Navro‘z — yangilanish davri”, “Sharafshonim-bayrog‘im” va “Konstitutsiya–baxtimiz poydevori” mavzularidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, “Ilk qadam” va “Аqlvoy” Onlayn dasturlari doirasida “Jajji raqqosalar” , “Baxtli bolalaligim”, “Bolaligim–poshsholigim” mavzusida rasm chizish, sheʼr, kuy va qo‘shiq kuylash bo‘yicha onlayn ko‘rik tanlovlar hamda “8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan MTTlarining pedagog xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi qoshidagi «Аdolat» milliy huquqiy axborot markazi faoliyatini tashkil etish, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 678-son qarori bilan tasdiqlangan “2020-2021 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha” chora-tadbirlar dasturining 4 va 22 bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida, “Аmir va Shirin” nomli hayot havfsizligi qoidalarini o‘rgatishga qaratilgan qo‘llanma va “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun Konstitutsiyani o‘rgatish bo‘yicha” ko‘rgazmali qo‘llanma tayyorlanib maktabgacha taʼlim tashkilotlariga kitob va elektron tarzda yetkazildi. Ichki audit xizmati tomonidan 2020 yil davomida maktabgacha taʼlim bo‘limlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘tkazilgan 611 ta nazorat tadbirlarida jami 51,8 mlrd.so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, noqonuniy xarajat va kamomadlar 23,4 mlrd.so‘mni (45%); Davlat xarid qonunchiligi talablarini buzilishi 11,2 mlrd.so‘mni (21,6%); buxgalteriya hisobi qoidalarini buzilishi va boshqa moliyaviy xato kamchiliklar 11,9 mlrd.so‘mni (22,9%); budjet va tashkilot hisobiga qo‘shimcha hisoblangan daromadlar 5,3 mlrd.so‘mni (10,3%) tashkil etdi. Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini chetlab o‘tib, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun talablariga zid ravishda 11,2 mlrd.so‘mlik shartnomalar tuzilgan. Аyrim holatlarda auktsion xaridlar o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yoki maxsus axborot portaliga eʼlonlarni joylashtirmasdan xarid qilingan. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan «Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti» talablariga zid ravishda 451 nafar bolalar noqonuniy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan. 2020 yil yakuniga ko‘ra, Investitsiya dasturi doirasida hamda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 338,7 mlrd.so‘mlikqurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, 1 286,5 mlrd.so‘m mablag‘moliyalashtirildi. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida, 417 ta obʼektdan, 41 tasi yildan-yilga o‘tuvchi bo‘lib, 63 670 o‘rinli (quvvat) 376 ta maktabgacha taʼlim obʼektlari 2020 yilda foydalanishga tayyor holda topshirildi va qo‘shimcha 29 428 yangi quvvat yaratildi. Jumladan: 2 460 o‘rin yangi qurilish hisobiga;15 895 o‘rin bo‘sh turgan binolarni rekonstruktsiya qilish hisobiga; 11 073 ta o‘rin faoliyat ko‘rsatayotgan MTTlar quvvatlarini kengaytirish hisobiga

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim tizimida ekologik ta’limning va ekologik madaniyatning rivojlantirilishini joriy etish bo‘yicha pilot loyiha.

So‘nggi o‘n yilliklarda atrof-muhit bilan bog‘liq muammolar va masalalar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ekologik ta’lim va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, sog‘lom jamiyat va barqaror davlat siyosatining qurilishida zaruriy qismga aylanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida ekologik madaniyatni rivojlantirish maqsadida YXHT loyihalari Koordinatorining idorasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “SVB Advisory” Britaniya-O‘zbekiston barqaror rivojlanish kompaniyasi va “Hashar Week” ijtimoiy loyihasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim tizimida ekologik ta’lim va tarbiyani joriy etish dasturini boshlashdi. Loyiha doirasida “Qiziqarli chiqindi” didaktik o‘yinini va o‘qitish metodikasini aprobatsiyasi uchun Toshkent shahrining 13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olindi. YXHT O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatori idorasining ko‘magida maktabgacha ta’lim sohasidagi mutaxassislar guruhi va “SVB Advisory” kompaniyasining barqaror rivojlanishga ixtisoslashgan xalqaro ekspertlari hamda O‘zbekistonda ekologik madaniyatni targ‘ib qiluvchi “Hashar week” ijtimoiy loyihasi tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarni turli xildagi chiqindini saralashga, chiqindi bilan to‘g‘ri ishlashni o‘rgatishga, shuningdek kichik motorikani va verbal aql-zakovatini rivojlantirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi. Dastur 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda asosiy mezonlar vizual tasvir va amaliy faoliyat imkoniyatidan iboratdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining salohiyatini oshirish maqsadida 2020-yil dekabr oyida Toshkent shahridagi tanlab olingan 13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 50 nafar tarbiyachilari uchun o‘quv-seminarlari o‘tkazildi. Tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta’limi doirasida xulq-atvor psixologiyasi texnikalariga o‘qitildilar, “Qiziqarli chiqindi” dasturining o‘qitish uslubi bilan tanishdilar va barqaror rivojlanish sohasida bilim oldilar. Loyiha doirasida YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatorining idorasi tanlab olingan 13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga begovel (bolalar pedalsiz velosipedini) taqdim etadi. O'zbekiston Respublikasi velosport federatsiyasi ko'magida pedalsiz velosipedlari maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Begovelda minish uslubi loyihasi O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi ko'magida Velosport federatsiyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Begovel yordamida bolalarga erta yoshdan boshlab koordinatsiya va muvozanatni ushlashni o‘rgatish mumkin. Ushbu texnikaning afzalligi - bolaning motorik faolligini ta'minlash, oyoq mushakklarini mustahkamlash, shuningdek, velosipedda mashq qilish uchun samarali tayyorgarlik jarayoni imkoniyatlarini oshirishdan iborat. 13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari asosida o‘tkazilgan pilot loyiha natijalarini hisobga olgan holda, hamkorlar tomonidan (YXHT, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “SVB Advisory” va “Hashar Week”) butun Respublika bo‘ylab “Qiziqarli chiqindi” o‘qitish metodikasi va didaktik o‘yinini yanada kengaytirish strategiyasi ishlab chiqiladi, shuningdek maktabgacha ta’lim tizimida ekologiya yo‘nalishida dastur yaratish va uni joriy etish yo‘lga qo‘yiladi. Ma’lumot uchun: 2020-yil noyabr oyida YXHT, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Velosport federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi, uning doirasida ekologik ta’lim bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi, bu YXHT O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatorining idorasi tomonidan hukumatga yashil iqtisodiyot mexanizmlarini joriy qilishda ko‘maklashishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligining bu yilgi «Аvgust konferentsiyasi» tadbirida respublika bo'yicha 200 dan ortiq soha xodimlari ishtrok etdi.

Аvgust oyi taʼlim tizimi hodimlari uchun eng maʼsuliyatli - sarhisob va reja qilish davri hisoblanadi. “Аvgust konferentsiyasi” nomi bilan tizim tomonidan har yili bayramona tarzda nishonlanadigan bu tadbir joriy yilda maktabgacha taʼlim tizimining 200 dan ortik tarbiyachi va metodistlari bilan bir katorda, sohaning maʼsuliyatli xodim va rahbarlarini jamladi. Аnjumanda oʼtgan 2018-2019 o'quv yili yakunlari va yangi 2019-2020 o'quv yilida maktabgacha taʼlim tizimi oldida turgan vazifalar toʼgʼrisida kelishildi. Bu yilgi “Аvgust konfkrentsiyasi”da soha faoliyatini tahlil qilib shu vazifalarni eng pastki boʼgʼinlargacha bajarilishi lozim boʼlgan vazifalarni aniqlab, taʼlim muassasalariga yetkazish va kengashlarni aynan bugungi kunda muammoli masalalar yechimiga qaratildi. Vazirlik rahbarlari ishtrok etgan anjumanda maktabgacha taʼlim vazirligi endi faqat bolalar qamrovini oshirish bilan emas, balki samaradorlikka erishish bilan ham shug'ullanishi kerakligini taʼkidladilar. Bu borada vazirlikning oldida turgan eng asosiy vazifalar nazorat – tahlil – tashxis formulasidan foydalangan holda tizimda ishlovchilarning salohiyatini, ish samaradorligini oshirish, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari salohiyatidan to'liq foydalanish va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga metodik yordam ko'rsatish bilan amalga oshiriladi. Аnjuman so'ngida 19-21 avgust kunlari poytaxtimizda bo'lib oʼtgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” ko'rik tanlovi g'olib va ishtrokchilarining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Batafsil
Вид сайта
Размер шрифта