Pedagoglar
Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda

Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda, eng avvalo, oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim tashkilotining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning debochasiga aylangan. Batafsil: https://yuz.uz/news/maktabgacha-talimning-yangi-shakli-bolalarni-oqishga-tizimli-tayyorlaydi    

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Uchrashuv

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasining yangi direktori janob Shin Myong Sok oʻrtasida tanishuv uchrashuvi boʻlib oʻtdi.  Uchrashuvda vakolatxonaning sobiq direktori Pak Sunjin xonim ham ishtirok etib, samarali hamkorlik uchun Maktabgacha ta’lim agentligi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, yangi tayinlangan direktorni tanishtirdi. Janob Shin Myong Sok, o‘z navbatida, O‘zbekistonda o‘z missiyasini boshlashga tayyorligini bildirdi va maktabgacha ta’lim sohasidagi loyihalar muhimligini ta’kidladi. Uchrashuvda qoʻshma loyihalarning butun majmuasi, shuningdek, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish yoʻlida hamkorlikni yangi jihatlarda yanada rivojlantirish zarurligi ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni “Pedagog kadrlarni  tayyorlash va malakasini oshirish kompleks markazi hamda Toshkent shahrida innovatsion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasi bo‘yicha Koreya tomonidan ishlab chiqilgan loyiha dizaynini ma’qullab, o‘z majburiyatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilgani uchun KOICA vakolatxonasi vakiliga minnatdorlik bildirdi.  Ma’lumot uchun: “Pedagog kadrlarni  tayyorlash va malakasini oshirish kompleks markazi hamda Toshkent shahrida innovatsion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasining maqsadlari quyidagilardan iborat: -maktabgacha ta'lim tizimining pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish; - Erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish markazi bilan birgalikda Kompleks markaz va Koreya modelidagi 500 o‘ringa mo‘ljallangan innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va foydalanishga topshirish; - mamlakat aholisining bolalar rivojlanishida maktabgacha ta'limning ahamiyatini keng e'tirof etishiga erishish.

Maktabgacha ta'lim agentligi
OAV biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda “Mehribonlik Korpusi” (Mercy Corps) bilan hamkorlikda 2023-yilning 12- va 21-iyul kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati” mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
SIZNING QONUNIY HUQUQLARINGIZ BUZILAYAPTIMI? KORRUPSION HOLATLARGA DUCH KELDINGIZMI?

Maktabgacha ta’lim agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘limiga quyidagi masalalar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: Korrupsion xarakterdagi har qanday ta’magirlik holatlari bo‘yicha; Maktabgacha ta’lim tizimiga ishga qabul qilishda korrupsiya holatlari bo‘yicha; Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotganligi bo‘yicha;  Maktabgacha ta’lim tizimida davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotgani xususida;  Maktabgacha ta’lim tizimida moddiy manfaatdorlik evaziga noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilayotgani xususida; Murojaat uchun: +998 71 207-04-07 @antikorr_ado  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Samarqandda kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish, uyga tashrif dasturi bo‘yicha seminar - trening bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha ta’limi agentligi hamda Jahon banki hamkorligida bolani erta rivojlantirish loyihasiga ko‘ra,  "Ilk rivojlanish markazlari" pedogoglari malakasini oshirish maqsadida Reach Up: kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish, uyga tashrif dasturi bo‘yicha 3-14-iyul kunlari Toyloq tumanidagi markazda seminar-trening tashkil etildi. Ta’kidlash joizki, "Ilk rivojlanish markazlari" respublikamizning Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida hamda Samarqand viloyatining Toyloq tumanida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda birgina Samarqand viloyatidagi markazda 777 nafar kam ta’minlangan oilalarning farzandlari va 46 nafar alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar tarbiyalanmoqda.   Seminarda Namangan va Samarqand viloyatidagi markazlarning pedogoglariga 10 kun davomida Vest-Indiya Universiteti trenerlari Kristina Pouel va Syuzan Chang-Lopeslar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.  Shu o‘rinda Reach Up dasturi haqida: Ushbu dastur kam ta’minlangan, sharoiti yaxshi bo‘lmagan, ta’lim olish qiyin oilalar hamda alohida ta’lim ehtiyoji bor yosh bolalarning ota-onalari uchun mos keladigan samarali, dastur bo‘lib, u bolaga erta yoshdan ta’lim olishga yordam berishdir. Erta bolalikni tarbiyalash dasturi yamaykalik Salli Grantem-MakGregor tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu dastur Bangladesh, Kolumbiya va boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli moslashtirildi va baholandi, bu bolalar rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.Quyida "Ilk rivojlanish markazlari"  pedogoglarining malakasini oshirishdagi seminar-trening jarayonidan lavhani ko'rishingiz mumkin:

Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryoda "Mehribonlik korpusi" tomonidan erishilgan natijalar tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamkorligida "Mehribonlik korpusi" tomonidan Surxondaryo viloyatida "Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati" mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, "Mehribonlik korpusi" vakillari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, pedagog va metodistlari ishtirok etib, o‘zaro fikr, tajriba almashishdi. Konferensiyada pedagoglar va ularni qo‘llab-quvvatlovchi mentorlar (murabbiylar) hamda“Mehribonlik Korpusi” tomonidan O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining salohiyatini oshirish dasturi doirasida bolalarda ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish doirasida o‘tkazilayotgan amaliy ishlarning yutuqlari haqida ba’tafsil ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, mentorlik (murabbiylik) dasturi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini salohiyatini oshirish va bolalarning ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish uchun jamiyat va oilani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish,  Maktabgacha yoshdagi bolalarda gigiyena va sog‘lom turmush tarzi hamda to‘g‘ri ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.  Trenerlarning mavzuga doir qiziqarli ma’lumotlari yig‘ilganlarda iliq tasssurotlar qoldirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Etnosport turlarini ommalashtirish bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan tadbirlardan lavhalar

Maktabgacha taʼlim   agentligi tomonidan Oʻzbekiston   Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-259-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
“MENING ILK IZOHLI LUG‘ATCHAM” (maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari uchun mo‘ljallangan rasmli-bezakli izohli lug‘atcha)

Mening ilk izohli lug‘atcham.pdf    O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni taʼminlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoniga asosan maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarga o‘zbek tilini qiziqarli tarzda o‘rgatish tizimini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.    Shu munosabat bilan, mutaxassislar tomonidan “Mening ilk izohli lug‘atcham” nomli maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari uchun mo‘ljallangan rasmli-bezakli izohli lug‘atcha ishlab chiqildi.    Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari uchun mo‘ljallangan rasmli-bezakli izohli lug‘atchadan “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat o‘quv dasturiga muvofiq oy mavzularida duch keladigan, maktabgacha yoshdagi bolalarning kundalik muloqotida kam ishlatiladigan so‘zlar o‘rin olgan.    Mazkur lug‘atchadan davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagoglari, tarbiyalanuvchilari, ota-onalar shuningdek, ushbu soha mutaxassislari foydalanishlari mumkin.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“MEN VA MENING OILAM” nomli maktabgacha yoshdagi bolalarda oila muqaddasligi, ota-onani hurmat qilish, keksalarni eʼzozlash kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan uslubiy qoʻllanma

     Mazkur qoʻllanma uchun “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat oʻquv dasturiga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarni buvi-bobojonlar, ota-ona, aka-uka, opa-singillar va yoshi kattalarga hurmatda, kichiklarga esa izzatta boʻlish, dasturxon atrofida oʻzini tutish, mehmonga borish, mehmon kutish singari odoblar, uy-hovlini tartibga keltirish, bayram arafasida keksa qariyalar, betob kishilar holidan xabar olish, qoʻni-qoʻshnilarni biror yumushiga yordam berish kabi oʻzbek xalqiga xos oilaviy qadriyatlar hamda milliy urf-odatlar bilan tanishtirishga oid mavzular tanlab olingan.     Maktabgacha yoshdagi bolalarda oila muqaddasligi, ota-onani hurmat qilish, keksalarni eʼzozlash kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan “Men va mening oilam” nomli  uslubiy qoʻllanmadan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rta, katta va tayyorlov guruh tarbiyachi pedagoglar tomonidan taʼlim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda foydalanishlari hamda suhbat, oʻyin, mehnat, sahnalashtirilgan lavhalar shaklida, turli-tuman rasmlar, ertak, rivoyat, hikoya, maqollardan foydalangan holda ertalabki va kechki soatlarda qo‘llashlari tavsiya etiladi.Men va mening oilam isp.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“MILLIY XALQ OʻYINLARI” metodik qoʻllanmasi

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi, O’zbеkistоn Rеspublikаsi Maktabgacha tа’lim vаzirligi, O’zbеkistоn Rеspublikаsi Spоrtni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbеkistоn dаvlаt jismоniy tаrbiya va sport unversiteti bilan hamkorlikda tayyorlangan mazkur metodik qoʻllanmadan milliy xalq harakatli o’yinlarining yaratilish tarixi, ularning tiklanishi va shakllanishiga doir etimologik hamda xronologik ma'lumotlar joy olgan boʻlib, maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan milliy xalq oʻyinlaridan maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha pedagoglar, maktabgacha yoshdagi bolalar va ularning ota-onalari foydalanishlari mumkin. “MILLIY XALQ OʻYINLARI” metodik qoʻllanmasi.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“TAYYORLOV GURUHLARIDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH TAʼLIMIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISH” metodik qo‘llanmasi

Tayyorlov guruhlarida nutqni rivojlantirish.pdf    Maktabgacha yoshda ona tilini o‘rgatish bu – eng avvalo bola hayotining birinchi yilidan boshlab nutqni rivojlantirish, bo‘g‘inlar va so‘zlarni aniq talaffuz qilish, gaplarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzish, narsalarning nomini to‘g‘ri aytish va mos fikr bildirishdan iborat.    Ushbu metodik qo‘llanma tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarining og‘zaki nutqini rivojlantirishda tarbiyachilar va ota-onalarga yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“NUTQ, O‘QISH VA YOZISH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH” elektron o‘quv dasturi

   Elektron o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 10 oktabrdagi PF-6084-son farmoni bilan tasdiqlangan “2020 — 2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020 — 2022 yillarda amalga oshirish dasturi”ning 20.1-bandi ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.    Elektron o‘quv dasturi - nazariy materialni mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, har qanday hajm va turdagi maʼlumotlarni istalgan masofadan uzatish samaradorligini oshiradi hamda axborotni kompyuter xotirasida saqlash, buning yordamida uni tahrirlash va qayta ishlash imkonini beradi.    Mazkur elektron o‘quv dasturidan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagoglari, ota-onalar va ushbu soha mutaxassislari foydalanishlari mumkin.   ELEKTRON O‘QUV DASTURI VA UNDAN FOYDALANISH Nutq, o’qish va yozish malakalarini rivojlantirish.exe    Elektron o‘quv dasturi - bu dasturiy vositalardan foydalangan holda maʼlumotlarni elektron shaklda taqdim etishga mo‘ljallab yaratiladigan dastur. Hozirgi kunda deyarli barcha axborotlar va darsliklar elektron shaklga o‘tkazilgan va biz bundan samarali foydalanib kelmoqdamiz. Elektron dasturlarning bir nechta afzalliklari mavjud bo‘lib, ulardan biri bugungi raqamlashib borayotgan jamiyatning barcha sohalaridagi maʼlumotlar oqimining raqamli bosqichga o‘tishi, jumladan taʼlim tizimida darsliklarni va ilmiy manbalarni elektron dasturlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali yuklab olish hamda kasbiy faoliyatda samarali foydalanish imkonini beradi.    Ushbu elektron o‘quv dastur AutoPlay media studio dasturi orqali yaratilgan bo‘lib, ushbu dasturning «exe» varianti saytdan yuklab olinganidan so‘ng, dastur ustiga bosiladi hamda quyidagi oyna ochiladi.    Unda «Zapustit» tugmasi bosiladi va ushbu interfeys oynasi ochiladi.    Ushbu oynada biz rasmda belgilangan bo‘limga kiramiz. Shundan so‘ng dastur bizga elektron o‘quv qo‘llanmani ochib beradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
3-6 yoshli bolalar orasida futbol boʻyicha birinchi mashgʻulotlar

3_6_ЁШЛИ_БОЛАЛАР_ОРАСИДА_ФУТБОЛ.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Ekomarafon"

Toshkent shahar Olmazor tumani "Bahtiyor makon" nomli 120-davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotida "Ekomarafon" tashkil etildi.  Marafon haqda batafsil "O‘zbekiston 24" telekanalida namoyish etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Badminton o'quv dasturi

БАДМИНТОН.pdf

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar

MAKTABGACHA_TA`LIM_TASHKILOTLARIDA_O‘TKAZILADIGAN_HARAKATLI_O‘YINLAR.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Badminton alifbosi

Азбука бадминтона.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etilishi bo‘yicha metodik tavsiyalar

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etilishi bo‘yicha metodik tavsiyalar.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bola tishini necha yoshdan tozalashni boshlashi kerak?

Birinchi tish chiqishi bilan bolani ogʻiz gigiyenasiga oʻrgatishni boshlash lozim. 1-3 yoshligidan ota-onalar yordamida, bolalar choʻtkasi va pastasidan foydalangan holda tozalashni yoʻlga qoʻyish kerak. Bolalar 6-7 yoshdan, nerv-muskul tizimi toʻla shakllangach, tishlarni mustaqil tozalashlari mumkin.Ayrim ota-onalar keyinchalik doimiy tishlar bilan almashgani uchun sut tishlari parvarishiga yetarli eʼtibor qaratmaydi Lekin sut tishlarining muhim vazifalari bor:Sut tishlari olib tashlangandan keyin oziq yaxshi chaynalmaydi va yaxshi hazm boʻlmaydi, bu oʻsish va rivojlanishga taʼsir qiladi. Sut tishlari yuz va jagʻ suyaklarini, qolaversa, bolada nutq shakllanishida muhim oʻrin tutadi.Agar tish nuqson bilan chiqqan boʻlsa, choʻtka bilan olib tashlanmaydigan qoldiqlar paydo boʻlsa, tishlarda qora dogʻlar yoki milk qizarib, kattalashsa, ogʻriqdan shikoyat qilsa, zudlik bilan stomatologga murojaat etish kerak.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bolaning birinchi qo’shimcha ovqati nimalardan iborat bo’lishi kerak?

Bola 6 oyga to’lgandan keyin qanday mahsulotlarni ovqatlanish ratsioniga kiritilish zarur?Bizning 7-mahorat darsimiz juda muhim mavzu – kichkintoylarning ovqatlanishiga bag’ishlangan. Bu va boshqa narsalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun mutaxassis fikrini video orqali bilib oling.#OtaOnalarOyligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ongli ota-onalikka bag‘ishlangan oylik

Ongli ota-onalikka bag‘ishlangan oylik bolalar yanada sifatli hayot kechirishlari uchun ota-onalarning bilimlarini oshirish va ko‘nikmalarini takomillashtirishga yordam beradi.Joriy yilning oktyabr oyidan 20 noyabrgacha UNICEF O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda ongli ota-onalikka bag‘ishlangan kampaniyani o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Bir oy davomida UNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlarida ota-onalarga bolalar to‘laqonli va har tomonlama rivojlanishi uchun qanday qilib eng yaxshi sharoitlarni yaratish haqidagi maslahatlarini beradilar.Tabiiyki, ota-onalarning aksariyati farzandlari uchun imkon qadar eng yaxshi sharoitlarni yaratishga harakat qiladilar. Shunday bo‘lsada, zamonaviy tarbiyalash usullaridan foydalanishga imkon bermayotgan qator to‘siqlar mavjud.«Muammolardan biri shundan iboratki, do‘stlar va qarindoshlar yaxshi niyatda, bolalarni oziqlantirishdan boshlab emlashgacha bo‘lgan masalalar bo‘yicha turli xil maslahatlarini berishlari mumkin. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan noto‘g‘ri axborot bolaning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin», — deydi UNICEFning salomatlik va oziqlanish masalalari bo‘yicha mutaxassisi Fahriddin Nizamov.«Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar hayotining dastlabki 1000 kunida hamda bolaning olti yoshgacha bo‘lgan davrida parvarishlashning noto‘g‘ri usullarini qo‘llash ularning uzoq muddatli jismoniy va kognitiv rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtirishi mumkin. Bundan tashqari, global COVID-19 pandemiyasi va u bilan bog‘liq karantin cheklovlari ham bolalar rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va buning oqibatlari balog‘at yoshida ham his etilishi mumkin».Ushbu oyda UNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda O‘zbekistonning ommaviy axborot vositalari kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik qilishning samarali usullari va uy sharoitida ushbu usullardan foydalanish yo‘llari to‘g‘risida ota-onalarga so‘zlab beradilar. Ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlar bolalarning yoshiga muvofiq bo‘lgan to‘g‘rioziqlanish, jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni faqat ko‘krak suti bilan boqish; bolaga mehr berib g‘amxo‘rlik qilish muhitini yaratish usullari; emlashni rejalashtirish; bolaning rivojlanish bosqichlari; bolalar kasalligidan darak beruvchi belgilar; mas’uliyatli tarbiya va o‘yinlarning bola uchun ahamiyati kabi masalalarga bag‘ishlangan .Milliy va xalqaro ekspertlar tavsiyalariga muvofiq bolalarni tarbiyalash ahamiyatini tushunish va bu masalada qarorlarni qabul qilishda ko‘maklashish O‘zbekistonning kichik fuqarolari hayotini sifat jihatdan yaxshilashga hamda ular baxtli va to‘laqonli voyaga yetishlari uchun mustahkam poydevor yaratishda yordam beradi.Ijtimoiy tarmoqlar orqali butun mamlakat bo‘ylab ota-onalarni jalb qilishUNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali ota-onalar va vasiylar bilan muloqot qilishda samarali yondashuvlarni ishlab chiqdilar va bu bilan ular uchun nafaqat dolzarb va aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish, balki ota-onalarni tashvishlantiradigan muammolarni taqdim etish va hal qilishga imkon yaratdilar.Joriy yilning 20 oktyabr kuni ommabop televizion kanallarda ota-onalar uchun mo‘ljallangan ko‘rsatuv namoyish etildi. Mazkur ko‘rsatuv doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi ekspertlari bolalarning erta yoshidagi salomatligi va oziqlanishi bo‘yicha ota-onalar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Maktabgacha ta’lim vazirligining mutaxassislari maktabgacha ta’limning muhim ahamiyatini va ota-onalar o‘z farzandlarining ilk yoshda ta’lim olishini faol qo‘llab-quvvatlashda qanchalik muhim rol o‘ynashlarini yana bir bor ta’kidladilar.Ushbu teleko‘rsatuvlarga qo‘shimcha ravishda, UNICEF milliy hamkorlar bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlar va televideniye orqali keng targ‘ib qilish uchun 11 ta qulay va tushunarli video mahorat darslarini yaratdilar.«Ushbu mahorat darslari O‘zbekistonda ko‘p uchraydigan bolalar erta rivojlanishi sohasiga mansub ayrim muammolarni qamrab olgan. Mazkur videoroliklar ota-onalarni maktabgacha ta’limning ahamiyatini yanada teran anglashga undaydi», — deydi UNICEFning erta rivojlanish va maktabgacha ta’lim masalalri bo‘yicha maslahatchisi Vazira Nazarova.«Maktabgacha ta’lim tashkiloti kun davomida bolalar uchun faqatgina ko‘ngil ochish joyi emas. Bu hayot uchun muhim ijtimoiy va kognitiv rivojlanish, muloqot ko‘nikmalarini orttirish hamda bolaning ijodiy va jismoniy rivojlanishi makonidir. Ota-onalar o‘z farzandlarining jismoniy salomatligi bilan bir qatorda ular uzoq vaqt shaxs sifatida shakllanishini ham albatta kuzatib borishlari lozim»Ongli ota-onalik oyligining yakunida Bebbo innovasion mobil ilova ishga tushiriladi. O‘zbekistonda bu turdagi birinchi raqamli vosita ota-onalarga bolalarning o‘sishi, rivojlanishi va farovonligini qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z vaqtidagi va sifatli tavsiyalarni taqdim etadi. Hali ham davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi cheklovlari sababli ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar bilan bevosita muloqotning iloji bo‘lmagan yoki murakkablashgan davrda bu ayniqsa muhimdir.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bilasizmi, alla aytilganda bolaning yurak urishi sekinlashadi va u tinchlanadi?

Mahorat darsimizning 6-qismida musiqaning chaqaloqlar rivojlanishiga taʼsiri va uyda bolangiz bilan qanday musiqa tinglashingiz mumkinligi haqida koʻproq bilib oling.#OtaOnalarOyligi

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim yoshdagi va 1-sinf o’quvchilarini grippga qarshi bepul markazlashgan holda emlash rejalashtirilgan

Yurtimiz hududida gripp yuqtirish va uning ogʼir asoratlarini oldini olish maqsadida, 2 mln doza vaksina keltirilib, barcha maktabgacha taʼlim yoshdagi va 1-sinf o’quvchilarini grippga qarshi bepul markazlashgan holda emlash rejalashtirilgan. Buning uchun Respublika miqyosida 2753 ta emlash punktlari tashkil etilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ota-onalar farzandlarining aqliy rivojlanishiga yordam berish uchun nima qilishlari mumkin?

Ota-onalar farzandlarining aqliy rivojlanishiga yordam berish uchun nima qilishlari mumkin?Bizning 5-mahorat darsimiz sizga bola rivojlanishida o’yinlar roli haqida gapirib beradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xodimlari uchun qoʻllanma

Qo'llanma

Maktabgacha ta'lim agentligi
Kichik bolalarga tilni oʻzlashtirish va nutqni rivojlantirishga koʻmaklashish

Kichik bolalarga tilni oʻzlashtirish va nutqni rivojlantirishga koʻmaklashish uchun ular bilan qanday suhbat qurish kerakligini bilasizmi? Bu savolga javob topish uchun bizning 4-mahorat darsimizni tomosha qiling. #OtaOnalarOyligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Emizishning ahamiyati

Koʻkrak suti bilan oziqatlantirish chaqalogʻingiz uchun nafaqat ozuqa sifatida qabul boʻladi, balki xavfsizlik va himoya hissini beradi. Emizishning ahamiyati haqida batafsilroq bilib olish uchun bizning 2-mahorat darsimizni tomosha qiling. #OtaOnalarOyligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
12 ta DMTT rahbar va xodimlari uchun issiqxonalardan samarali foydalanish bo'yicha o'quv seminarlari tashkil etildi

Maktabgacha taʼlim tizimining asosiy maqsadlaridan biri bolalarga ta'lim berish bilan bir qatorda ularni sogʻlomlashtirish, kasalliklarning oldini olish, shu jumladan salomatligi, oʻsishi, rivojlanishi, sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini nazorat qilishdir. Shuningdek, bolalarda ekologik taʼlim va sogʻlom ovqatlanish odatlarining shakllanishida maktabgacha taʼlim tashkilotlari muhim rol oʻynaydi. Ushbu maqsadlarga erishishda yordam beradigan chora-tadbirlardan biri maktabgacha taʼlim tashkilotlari hududida issiqxonalar tashkil etishdir. Ekologik taʼlim bolalarda quyidagi koʻnikmalarni shakllantiradi: atrofdagi olam uchun javobgarligni his qildirish; bolaning tabiatga boʻlgan qiziqishini oshirish; oʻsimliklarga gʻamxoʻrlik qilishni oʻrgatish. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining issiqxonalarida tarbiyalanuvchilar xodimlar yordamida oʻzlari vitaminlarga boy sabzavotlar va mevalarni yetishtirishlari hamda ushbu mahsulotlar hisobiga oshxona menyusini boyitishlari mumkin boʻladi. Shu munosabat bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi BMTning oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ning O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasining 12 ta davlat maktabgacha ta'lim muassasalari (Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Farg'ona viloyatlari) hududida issiqxonalarni tashkil etish orqali davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar salomatligini mustahkamlash loyihasini boshladi. Loyiha doirasida 12 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining barcha rahbarlari va masʼul xodimlari vitaminlarga boy organik sabzavotlar va mevalarni yetishtirish uchun issiqxonalardan samarali foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlarida qatnashdilar.

Вид сайта
Размер шрифта