Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan uyushtirilgan press-tur: yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari va tizimda dual taʼlimni joriy etish

news-detail

  • 2020-yilning 6-noyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi uyushtirgan press-tur doirasida Toshkent viloyatidagi 4 ta MTT hamda Oʻrta Chirchiq tumanidagi pedagogika kollejiga tashrif buyurildi.
  • Toshkent viloyatida 789 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, jumladan, 481 ta davlat, 26 ta idoraviy, 112 ta xususiy, 18 ta DXSH asosidagi va 152 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud. 2020-yilning 3-choragi holatiga koʻra, Toshkent viloyatida maktabgacha taʼlimga bolalarni qamrab olish koʻrsatkichi 49,5% ni tashkil etdi (2017-yilda 27,2%). Joriy yil oxiriga qadar MTV ushbu koʻrsatkichni 57,4% ga oshirishni rejalashtirmoqda. Oʻtgan uch yil mobaynida Toshkent viloyatida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 1,8 barobar oshdi.
  • “Oltin baliqcha» 12-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti, Toshkent viloyati
  • Keles shahrida joylashgan 12-sonli «Oltin baliqcha” MTT 2020 da ishga tushirildi. Yangi MTT sobiq tuman sud binosida joylashgan. Mazkur inshoot Maktabgacha taʼlim vazirligi balansiga olinib, “Anglesey Food” YAT MCHJ (korzinka.uz) homiyligida rekonstruksiya qilindi. Quvvati 480 oʻrin, yaratilgan ish oʻrinlari soni 25 tani tashkil etadi. Toʻla vaqtli guruhlardan tashqari, 12-sonli MTTda 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha bepul qisqa muddatli guruhlar faoliyati tashkil etilgan.
  • MDO va “Anglesey Food” YAT MCHJ oʻrtasidagi hamkorlik bu hayriya faoliyati shaklidagi davlat-xususiy sherikligidir (DXSH).
  • “Aqlvoy” mobil MTT, Yangiyoʻl tumani
  • Yangiyoʻl tumanida “Isuzu” avtobusi vositasida mobil MTT faoliyat yuritadi. Kun davomida, avtobus manzillarga boradi va 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni qamrab oladi. Oʻqituvchilar oʻquvchilar bilan turli yosh guruhlari uchun moʻljallangan dastur boʻyicha ish olib boradilar, avtobus marshrutining har bir nuqtasi toʻsiqlar, kursi, argʻimchoq, oʻyingoh va bolalar maydonchalari bilan jihozlangan.
  • “Aqlvoy” mobil MTT oddiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlmagan chekka qishloq joylarida faoliyat koʻrsatadi.
  • 24-sonli MTT, Quyi Chirchiq tumani
  • Quyichirchiq tumani 24-sonli MTT idoralararo hamkorlik doirasida Oʻzbekiston davlat bojxona qoʻmitasi koʻmagida qurilgan. MTT quvvati 160 oʻrin, yaratilgan ish oʻrinlari soni 30 tani tashkil etadi.
  • “Erudit kids planet”, Nurafshon shahar
  • “Erudit kids planet” 100 oʻrinli oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotidir. MTTda 15 nafar oʻqituvchi va maʼmuriy xodimlar faoliyat koʻrsatib, toʻgaraklar tashkil etilgan.
  • MTTda barcha belgilangan havfsizlik choralari koʻrilgan: niqob rejimi va ijtimoiy masofa saqlashga rioya etiladi, bolalar va xodimlar ertalab tekshiruvdan oʻtkaziladi hamda harorat kuniga ikki marta oʻlchanadi. Guruhlarda tozalash kuniga 4-marta amalga oshiriladi, binolar jadvalga muvofiq shamollatiladi.
  • Toshkent viloyat pedagogika kolleji
  • Toshkent viloyat pedagogika kolleji dual taʼlim joriy etilgan birinchi oʻquv yurti boʻladi. Kollej oʻquvchilari akademik bilim olish bilan parallel ravishda bolalar bilan ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni rivojlantiradilar. Shu maqsadda kollejda 240 nafar oʻquvchiga moʻljallangan yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qurildi.
  • Dual taʼlim modelining anʼanaviy taʼlimga nisbatan ustunligi undagi nazariya va amaliyotning mustahkam bogʻliqligidadir. Oʻquvchilar oʻrganayotgan narsalari va olgan maʼlumotlarini oʻz ishlariga qanday tatbiq etish mumkinligini biladilar. Bunday yondashuv natijasida maktabgacha taʼlim tizimi nafaqat pedagogik bilimlarni oʻzlashtirgan, balki bolalar bilan ishlashni biladigan oʻqituvchilarga ham ega boʻladi.
  • MTV mamlakatimiz boʻylab 97 ta pedagogika kollejida dual taʼlim tizimini joriy etmoqda. Kollejlardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari bepul bir yillik maktabga tayyorlov, shuningdek, oʻrnatilgan tartibda boshqa taʼlim xizmatlarini koʻrsatishni amalga oshiradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Jajji malikalar bellashishdi

   Kechagina kirib kelgan mart butun borliqqa bahorning bor tarovatini, undan ruh olgan go‘zal bayramlarni birin-sirin tortiq etmoqda. Uning ilk kuni mamlakatimizda adabiyot, she’riyat, nazm va navo bayrami – sadoqat va do‘stlik kuychisi, xassos shoira Zulfiyaxonim yodi bilan boshlandi. Davralar, shoira timsolida adabiyotni, she’riyatni olqishladi. Keyin unga nazokat, nafosat, go‘zallik, sevgi ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni ulanib ketdi. Davralar ayolni, onani, singilni, qizlarni madh etdi. Yana ko‘p davralar doshqozon osdi. Biqirlab qaynayotgan sumalak atrofiga to‘plangan ellar, sharqning uch ming yillik Navro‘z shodiyonalarini boshlab yubordi. Bu azaliy bayramlar maktabgacha va maktab ta’limi tizimlarida ham davom etmoqda. Xususan, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining eng chekka – Nanay qishlog‘ida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbir esa, ayollar bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuniga  bag‘ishlandi. Darvoqe, tashkilotda 5 ta guruh mavjud. Ularga 135 nafar  3 – 7 yoshli bola qamrab olingan. Eng muhimi, jamoaning ahilligi, hamjihatligi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro yelkadoshlik, jipslilik tufayli yechim topmagan masala yo‘q. Hatto, ulardagi bu fazilat mahalla ahli orasida ham alohida e’tirof etiladi. – Jamoaning o‘rnak bo‘ladigan eng yaxshi sifati bu ularning yakdilligi, – deydi “Zarbdor” MFY Xotin-qizlar faoli Malohat Hayitboyeva. – Shu tufayli bo‘lsa ajabmas, bu yerdagi ta’lim-tarbiya jarayonlaridan hamma hursand. Bugungi tadbirda ham yigirma chog‘lik xodimlar bir yoqadan bosh chiqara oldi va e’tiborimizga bayram tadbirini yuqori saviyada havola etdi. Ayniqsa, Gulnora Shukurova,  Dilafro‘z Abdug‘aniyeva, Sevara Abdullayeva, Dildora Jo‘rayeva, Moxira G‘aniyeva singari jonkuyar tarbiyachi va xodimlar hamda tarbiyalanuvchilarning musiqa rahbari Dilrabo Qurbonovalarning halol mehnati  tufayli farzandlarimiz o‘zlarining ilk iqtidorlarini zo‘r kayfiyat va mahorat bilan namoyish etishdi. Darhaqiqat, bo‘lib o‘tgan tadbir tashkilotning Gulnora Shukurova rahbarligidagi tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilaridan iborat 20 nafarlik JAJJI MALIKALAR ishtirokidagi bellashuv ustiga qurildi. Qaqajon qizlar besh shart – tanishtirish, salat tayyorlash, somsa tugish, erkin mavzu va nihoyat badiiy gimnastika sohasidagi iqtidorlarini sinovdan o‘tkazdi. Qizaloqlarning she’riy tanishtiruvlari, erkin mavzudagi yakkaxon raqs, kuy-qo‘shiqlari, badiiy gimnastikaga oid nafis ijrolari, ayniqsa, mustaqil holda salat va somsa tugishlari barchaga manzur bo‘ldi. – Albatta, iste’dod osonlikcha namoyon bo‘lmaydi. Buning ortida katta mehnat, izlanish, o‘z ustida, ayniqsa, o‘sha iste’dodli bola ustida tizimli ishlashgina ma’lum maqsadga erishtiradi, – dedi tadbirda so‘zga chiqqan 10-sonli DMTT direktori Umida Qoraboyeva. – Bugungi tadbir ham ana shu xulosani yana bir karra isbotladi va men o‘z jamoamning har bir vakilidan minnatdorman. Fursatdan foydalanib barchangizni bugungi egu ayyom bilan chin dildan tabriklayman.    Tadbir so‘ngida jajji malikalarga bayram sovg‘alari ulashildi.       

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati, Angren shahridagi 14-DMTTda «Telefonsiz DMTT» tizimi joriy etildi.

14-DMTT ma’muriyati va ota-onalar kuzatuv kengashi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, ta’lim tashkilotida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ma’qullangan.  Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2012-yil ”O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.   Ta’lim tashkilotiga kirib kelishda har bir xodim, mehmonlar va boshqa shaxslar telefonlarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi shart.   Tarbiyachi o‘z telefoni bilan soat 7.00 dan 8.30 gacha va soat 16.30 dan so‘ng ota-onalar bilan bog‘lanishiga ruxsat beriladi. Endi soat 8.50 dan 16.30 gacha Tarbiyachilarga mashg‘ulotlar vaqtida telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish taqiqlanadi.  Biroq, tarbiyachilar mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida DMTTdagi maxsus oddiy telefondan foydalanishlari mumkin.  Ota-onalar telegram guruhida mashg’ulotlardan fotolavhalar jo‘natish, uslubchi va hamshira zimmasiga yuklatildi. Ta’lim taskilotining boshqa xodimlari ham ish vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emasligi yig‘ilishda bir ovozdan tasdiqlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

  "Юнусобод тумани, Хасанбой махалласида жойлашган “Bayan Kids“ хусусий болалар боғчасида тарбияланувчи 3 яшар болаларга бўлаётган муносабатни кўринглар" номли видеотасвир остида телеграм ижтимоий тармоғи орқали мурожаат йўлланган эди. Ушбу мурожаат назоратга олинганлиги ва ўрганиш ишларига йўналтирилганлигини маълум қиламиз.  М А Ъ Л У М О Т Н О М А Фуқаро Д.Ашурованинг шикоят хати юзасидан “BAYAN KIDS”  МЧЖ нодавлат мактабгача таълим муассасасида ўтказилган ўрганиш бўйича. Аниқланишича, “Баян-кидс” нодавлат мактабгача таълим ташкилоти маъсулияти чекланган жамияти 24.02.2022 йил давлат рўйхатидан ўтган бўлиб,  2023 йил 22 августдаги умумий йиғилиш қарорига асосан Наргиза Музаффаровна Хуснутдинова жамиятнинг бажарувчи директори лавозимига тайинланган, маълумоти олий маълумотли педагог, иш стажи  умумий 34 йилни ташкил қилиб, мактабгача таълим ташкилотлари мудиралари лавозимида 5 йиллик иш стажига эга. “BAYAN KIDS” МЧЖга қарашли мактабгача таълим ташкилоти 7 та гуруҳдан иборат бўлиб, текшириш кунига 7 та гуруҳ фаолият кўрсатаётганлиги, ташкилотнинг умумий қуввати 140 ўринга мўлжалланиб, ушбу гуруҳларда рўйхат бўйича жами 109 нафар тарбияланувчилар таълим-тарбия олаётганлиги, кундалик қатнов ўртача 92 нафарни, ўрганиш ўтказилган куни 84 нафарни ташкил этганлиги аниқланди.     Шунингдек, ташкилотда умумий ходимлар сони 44 нафарни ташкил қилиб, шундан педагог ходимлар 15  нафарни, техник ходимлар 29  нафарни, тарбиячилар 7 нафарни ташкил қилган.                Текшириш давомида МТТнинг моддий техника базаси ҳолати, болаларни қамраб олиш ҳолати ва давомат, МТТнинг кадрлар билан таъминланганлиги ва уларга оид бўлган ҳужжатларнинг  юритилиши, тиббий хизмат, овқатлантиришнинг ташкил этилиши, ижро интизоми, гуруҳлардаги таълим-тарбия ишларининг олиб борилиши ва педагогларнинг иш ҳужжатлари юритилиши ва билим даражаларига  эътибор қаратилди.   Тарбиячиларнинг 4 нафари олий маълумотли, 3 нафари тугалланмаган олий бўлиб, фаолият юритаётган  педагогларнинг иш ҳужжатлари ЎзР мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳузуридаги Мактабгача таълим агентлигининг 2023 йил 28 августдаги “Мактабгача таълим ташкилоти педагогларининг иш ҳужжатларини тасдиқлаш тўғрисида”ги  99-сон буйруғи асосида юритиб келинган.   Ташкилотда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳамда ободонлаштириш ишлари қониқарли, иситиш тизимлари, гуруҳлардаги сантехника жиҳозлари ишчи ҳолатда сақланган, умумий санитария ҳолати ҳам қониқарли, гуруҳлар бола сонига мос қаттиқ ва юмшоқ жиҳозлар ҳамда зарур идишлар билан тўлиқ таъминланган.                                    Танлов асосида кўрилган ўрта ва тайёрлов гуруҳларда марказларда олиб борилаётган иш фаолияти ва иш ҳужжатлари ўрганилганда, гуруҳ хоналари керакли таълимий, кўргазмали ва тарқатма материаллар билан таъминланганлиги, болаларнинг соғлом муҳитда таълим-тарбия олишлари учун етарли барча шарт-шароитлар яратилганлиги  аниқланди.  Бироқ, ўрганиш давомида айрим камчиликларга ҳам йўл қўйилганлиги маълум бўлди.     Хусусан, тарбиячилар  лавозим йўриқномалари билан таништирилган бўлсада, лекин улар томонидан зиммаларига юклатилган вазифалар лозим даражада бажарилмаган.     Шунингдек,ташкилотдаги таълим-тарбия ишлари ўрганилганда, ташкилотнинг янги 2023-2024 ўқув йили режаси тузилган ва режа асосида педагогларнинг малакасини ошириш истиқбол режаси мавжуд бўлсада, аммо педагог ходимлар амалдаги ҳужжатларга мувофиқ  малака ошириш  курсларига  юборилмаган.   Ўрганиш давомида машғулотлар жадвали кундалик олиб борилаётган машғулотларга мос эмаслиги, яъни нутқ ўстириш машғулоти ўрнига расм машғулоти ўтказилаётганлиги, илк ёш гуруҳи бўлишига қарамай, машғулотлар жадвалида инглиз тили киритилганлиги, гуруҳда болалар учун ривожлантирувчи ўйинлар ва ўйинчоқлар сони ҳамда тури камлиги аниқланиб, тарбиячига тайёрлов гуруҳида тасвирий фаолият учун намуналар  тайёрланиши буйича тавсиялар берилди.    Ҳолат юзасидан батафсил маълумотлар Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигига хат орқали тегишли ҳуқуқ органлари томонидан баён қилинган.        

Вид сайта
Размер шрифта