Korrupsiyaga qarshi kurash
Maktabgacha ta'lim agentligi
SIZNING QONUNIY HUQUQLARINGIZ BUZILAYAPTIMI? KORRUPSION HOLATLARGA DUCH KELDINGIZMI?

Maktabgacha ta’lim agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘limiga quyidagi masalalar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: Korrupsion xarakterdagi har qanday ta’magirlik holatlari bo‘yicha; Maktabgacha ta’lim tizimiga ishga qabul qilishda korrupsiya holatlari bo‘yicha; Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotganligi bo‘yicha;  Maktabgacha ta’lim tizimida davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotgani xususida;  Maktabgacha ta’lim tizimida moddiy manfaatdorlik evaziga noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilayotgani xususida; Murojaat uchun: +998 71 207-04-07 @antikorr_ado  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

Korrupsiyani yo‘q qilish, jamiyatni bunday illatdan tozalashda har bir shaxs JAVOBGARdir. Xoh yuqori, xoh quyi o‘rinda bo‘lsin, hech kim korrupsiya qilishga haqli emas.  Shunchaki ko‘z yumush esa na fuqarolik, na insoniylik nuqtai nazariga to‘g‘ri kelmaydi. Bugun biz INSON huquqlarini himoya qiladigan sof jamiyat qurish yo‘lidamiz. Bu yo‘lda har bir fuqaro o‘z masʼuliyatini to‘g‘ri anglab yetishi zarur.  Keling, KORRUPSIYASIZ JAMIYAT qurishda faol bo‘lamiz! Tizimdagi korrupsiya holatlari haqida Vazirlikning www.mpe.uz rasmiy veb-sayti yoki komplaens@mdo.uz maxsus elektron pochtasi, shuningdek, @MTVanticor_bot / @antikorr_mdo kabi aloqa kanallari orqali xabar berishingiz mumkin. - Sizning shaxsingiz sir tutiladi; - Huquqlaringiz himoyalanadi; - Korrupsionerlar o‘z jazosini olishadi. Unutmang! KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH SIZNING JUR'ATINGIZDAN BOSHLANADI!  

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi 9 oylik H I S O B O TI

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib  chiqish natijalari haqidagi 9 oylik  H I S O B O T I. Umumiy ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga korrupsiya faktlariga doir kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni 130 tani tashkil qilib, ularning 87 tasi turli idora va tashkilotlardan hamda fuqarolardan vazirlik devonxonasi orqali hamda 43 tasi @antikorr_mdo rasmiy telegramm kanal orqali kelib tushgan. https://mf.ijro.uz/ tizimi orqali joriy yilda kelib tushgan 87 ta murojaatlarning: -  30 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti pochtasi orqali; -  44 tasi vazirlikka yozma tarzda yuborilgan xat orqali; -  3 tasi O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi orqali; -  2 tasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali; -  8 tasi boshqa tashkilot va idoralar orqali kelib tushgan. II. Ko‘rib chiqish natijalari Kelib tushgan murojaatlar amaldagi qonunchilik asosida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan murojaatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Aybdor shaxslarga nisbatan amaldagi mehnat qonunchiligiga asosan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi ta’minlangan. Anonim murojaatlarni ko‘rib chiqmasdan qoldirish to‘g‘risida xulosa qilingan. Ba’zi murojaatlarni o‘rganish natijalari: @antikorr_mdo telegram kanali orqali Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan oilaviy shakldagi NMTT rahbari K.M. tomonidan 2022 yil 21 yanvar kuni kelib tushgan murojaatda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun bepul yetkazib berilishi belgilangan metodik qo‘llanmalar uchun tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi davlat-xususiy sheriklik shoʻba mudiri R.S. tomonidan pul talab qilinayotganligi ma’lum qilingan. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topganligi sababli, Xo‘jaobod tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining  2022 yil 25 yanvardagi 166-sonli buyrug‘i bilan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi DXSH shoʻba mudiri o‘z lavozimidan ozod etilgan hamda to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. III. Minimallashtirish choralari Korrupsiya faktlariga doir kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqib korrupsion xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha vazirlikning  @antikorr_mdo rasmiy telegramm kanali tashkil etildi va unga kelib tushadigan xabarlarni tizimli o‘rganish tashkillashtirilgan. Vazirlikning hududiy bo‘linmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan har bir hududiy bo‘linmalarning rasmiy telegramm kanali hamda ishonch telefonlari ishga tushirilib, har bir davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida korrupsion hatti-harakatlar aniqlangan taqdirda murojaat qoldirishlari uchun “ishonch quti”lari tashkil etilgan. Mahalliy yo‘lovchilar tashish transportlarining saloniga korrupsion xatti-harakatlar bo‘yicha murojaat qilish imkonini beruvchi telegramm kanal va ishonch telefoni aks ettirilgan flayerlar joylashtirilgan. Mahalliy televideniye va raidokanallar orqali qisqa metrajli roliklar namoyishi hamda eshittirishlar yo‘lga qo‘yilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda har xaftaning juma kunlari korrupsiyaga qashi kurashish yo‘nalishida seminar-treninglar o‘tkazilishi odat tusiga kiritilgan.   

Maktabgacha ta'lim agentligi
Korrupsiyasiz halollik sari

E’LON!!! Hurmatli fuqarolar, agar sizda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari bilan bog‘liq korrupsion holatlar haqida ma’lumotlar yoki murojaat bo‘lsa,  bizga  @MTVanticor_bot orqali xabar yozib qoldiring! Sizning shaxsingizga oid ma’lumotlar oshkor qilinmasligi  kafolatlanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri A.V.Shinning sohada korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha MUROJAATI

Hurmatli hamkasblar! Mamlakatimizda muhtaram Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar xalqimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida «Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha aʼzolari, taʼbir joiz boʻlsa, «halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, oʻz oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga oʻtishimiz kerak», deya alohida taʼkidlagani ham, ushbu illatning davlatchiligimizga naqadar xavfli ekanligini koʻrsatadi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan ham korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashish bilan bogʻliq bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, vazirlik markaziy apparati hamda hududiy boʻlinmalarda, idoraviy mansub tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish (“komplayens nazorat” tizimi) boʻyicha ichki nazorat tuzilmalari joriy etildi. «Komplayens nazorat» tizimi toʻlaqonli ishlashini taʼminlash maqsadida 10 dan ortiq yangi idoraviy hujjatlar (buyruq, nizom, tartib, yoʻriqnoma va reglamentlar) ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Tizimda korrupsion holatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda Maktabgacha taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini (korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularga chek qoʻyish hamda korrupsiyaning oldini olish boʻyicha) amalga oshirish yuzasidan 2022-2023-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Tizimda “inson omili” mavjud yoʻnalishlar aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha samarali ishlar olib borilmoqda. Xodimlarni ishga qabul qilish ochiq tanlovlar orqali amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish boʻyicha yuqorida sanab oʻtilgan ishlarning oʻzi yetarli emas, albatta. Avvalambor, korrupsiyaga qarshi kurashishni tizimda faoliyat olib borayotgan har bir xodimi oʻzidan boshlashi kerak. Har birimiz oʻz ishimizga halol va vijdonan yondashishimiz lozim. Korrupsiya va uning har qanday koʻrinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish lozim. Korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan koʻra, uni barvaqt oldini olishga oʻrganishimiz kerak. Maktabgacha taʼlim tizimi xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmasligi, ular haqida xabar topganda vazirlikning tegishli boshqarmasiga maʼlumot berishi, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi, oʻzining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga taʼsir qilish uchun pul mablagʻlari yoki boshqa qimmatliklar koʻrinishida pora taklif qilmasligi, oʻzi yoki boshqa shaxs foydasiga xizmat majburiyatlaridan chetga chiqmasligi, boshqa xodimlarning ish faoliyatiga aralashmasligi hamda oʻzining xizmat vazifalarini oʻz vaqtida, toʻliq, halol va vijdonan bajarishi lozim. Korrupsiyaga qarshi kurashish, maktabgacha taʼlim tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish barchamizning asosiy vazifalarimizdan biriga aylanishi kerak. Tizimda faoliyat olib borayotgan har bir xodim har qanday korrupsiyaviy holat uchun jazo muqarrarligini va kechirilmasligini bilishi shart. Barchamiz bir tanu bir jon boʻlgan holda, yakdil va ahil boʻlib harakat qilsak, halol-pok, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har qanday marralarni egallaymiz. Yana bir bor barchangizga sihat-salomatlik, cheksiz kuch-gʻayrat, yutuq va omadlar, oilaviy baxt va saodat tilayman. Korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz @antikorr_mdo telegram manziliga murojaat qilishingiz so'raladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Sizning qonuniy huquqlaringiz buzilyaptimi, korrupsiyaga duch keldingizmi?

Jamoat nazoratini tizimga kengrok kirib kelishini taʼminlash, korrupsion holatlarga duch kelinganda toʻsiqlarsiz murojaat qilish imkoniyatini yaratish maqsadida @antikorr_mdo telegramm kanali va 71-239-33-79 telefon raqami tashkil etilgan hamda “Sizning qonuniy huquqlaringiz buzilyaptimi, korrupsiyaga duch keldingizmi? sarlavhali oʻzbek va rus tillaridagi Flayerlar Respublikadagi barcha boshqarma, boʻlim va DMTTlari kirish qismiga joylashtirilib, telegramm kanal orqali kelayotgan xabarlar muntazam ravishda oʻrganib tegishli choralar koʻrilgan. Maktabgacha taʼlim vazirligining “www.mdo.uz” rasmiy veb-saytida boshqarma xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muntazam ravishda yoritilib kelinmoqda, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida 16 ta maqolalar chop etilgan.   Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida komplaens@mdo.uz maxsus axborot portali tashkil etilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risida hisobot

Ҳисоботни_шакллантириш_бўйича_низом_.pdf

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik HISOBOT

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining yangilangan tuzilmasida (2021-yil 16-fevraldagi 16-sonli buyruqqa asosan) 3 nafar xodimdan iborat Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish boʻlimi joriy yilning aprel oyidan ish boshlagan. Tizimda korrupsion holatlarga kurashni samarali tashkil etish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi 131 sonli buyrugʻiga asosan boʻlim nomi Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish boʻlimiga oʻzgartirildi hamda barcha hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalarida 1 shtatdan bosh mutaxassislar ajratilgan. Vazirlikning 2021-yil 8-sentyabrdagi 170-sonli buyrugʻiga asosan boʻlim nomi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boshqarmasi”ga oʻzgartirildi hamda shtat soni 5 taga yetkazilgan. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan 158 ta murojaatdan 80 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 3 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali, 54 tasi elektron pochta, yozma, ogʻzaki va turli tashkilotlar orqati, 6 tasi ishonch telefoni orqali hamda 15 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boʻshqarmasida tashkil etilgan telegram kanali orqali kelib tushgan. Kelgan murojaatlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar Olingan maʼlumotlar asosida huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi 12-sonli DMTT direktori va Namangan viloyati, Uychi tumani MTB hisobchisi pora bilan qoʻlga olingan. Kelib tushgan tezkor maʼlumotlarga asosan 8 ta holatda maktabgacha taʼlim boʻlim va tashkilotlarida oʻrganishlar oʻtkazilib, moliyaviy kamchiliklarga, taʼmagirlik hamda firibgarlik holatlari boʻyicha toʻplangan xujjatlar huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Korrupsion holatlarga aloqadorligi uchun 9 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Qoʻl ostidagi xodimlar faoliyati ustidan yetarli nazorat oʻrnatmaganligi sababli 3 nafar rahbar xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.   Noqonuniy xatti-xarakatlarni amalga oshirgan 6 nafar xodimlarga mehnat qonunchiligiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasigan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid 14 ta ichki hujjatlari

14 та ички хужжат.rar 209-9 талик хужжат.pdf 16 Буйруқ -кор сиёсат.pdf 6 Буйруқ-рагбат.pdf 10 Буйруқ-кечиктириб булмас.pdf 12 Буйруқ-манфаатлар тўқнашуви.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Кorrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori mazmun-mohiyati

Joriy yilning 6 iyulida "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo'shimchachora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.2021 yil 1 oktyabrgacha korrupsiya, manfaatlar to'qnashuvi asosida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlikda qatnashishi huquqiy oqibatlarini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo'lga qo'yiladi.2021 yil 1 avgustdan davlat xaridlari sohasidagi tenderlar natijalari ochiq e'lon qilinadi.Davlat xaridlarida hamkorlar (kontragentlar)ni tekshirish tartibi ishlab chiqiladi.Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021 yil 1 dekabrdan har yil yakuni bo'yicha korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting e'lon qilib boriladi.2021 yil 1 dekabrgacha daromad va mol-mulk deklarasiyalari bo'yicha ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.2021 yil 1 oktyabrgacha davlat mablag'lari hisobiga qurilish-pudrat shartnomasi uchun o'tkaziladigan tanlovlar "shaffof qurilish" tizimi ma'lumot almashinuvini ta'minlagan holda davlat xaridlari bo'yicha maxsus axborot portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.2022 yil 1 yanvargacha avtomobil yo'llari sohasiga tegishli ma'lumotlarni o'z ichiga oladigan "SHAFFOF YO'L" onlayn axborot platformasi ishga tushiriladi.2022 yil 1 yanvardan boshlab "halollik vaktsinasi" tamoyili asosida davlat xizmatchilari muntazam korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'qitiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Siz Maktabgacha ta'lim sohasida korrupsiya alomatlarini sezyapsizmi?

.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ijtimoiy tarmoqlarda "poraxo'rlarga qarshi chora bormi?" sarlavhasi ostida tarqalgan hamda keng muhokamalarga sabab bo'lgan maqola yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining birlamchi munosabati

Joriy yilning 13-14 mart kunlari ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i pora evaziga lavozimga MTT mudiraligini ta'minlanishiga qaratilgan ma'lumotlar tarqaldi.Ushbu maqolada keltirilgan vajlar ya'ni, nomalum shaxs (anonim) tomonidan Buxoro viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i Farxod Latipov uni Buxoro shahridagi maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori lavozimiga qo'yish evaziga 450 AQSh dollari pora so'raganiligi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Mazkur holat yuzasidan, Maktabgacha ta'lim vazirligi ichki audit va moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati tomonidan dastlabki o'rganish ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, Buxoro viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i Farxod Latipov tomonidan noma'lum shaxs bilan MTT rahbarligini olib berish bo'yicha hech qanday yozishmalar olib borilmagan va u MTT mudiraligiga nomzodlar bo'yicha hali ro'yxat shakllantirilmagan. Shuningdek, anonim tarzda ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan ma'lumotlarni xaqqoniyligini o'rganish maqsadida MTV tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda xolat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib boradi.Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro hamkorlik va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish samaradorligi

.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi Ichki audit xizmatining 2020 yil bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti

Ichki audit xizmati tomonidan 2020 yil davomida maktabgacha ta’lim bo‘limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan 611 ta nazorat tadbirlarida jami 51,8 mlrd.so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, noqonuniy xarajat va kamomadlar 23,4 mlrd.so‘mni (45%); Davlat xarid qonunchiligi talablarini buzilishi 11,2 mlrd.so‘mni (21,6%); buxgalteriya hisobi qoidalarini buzilishi va boshqa moliyaviy xato kamchiliklar 11,9 mlrd.so‘mni (22,9%); byudjet va tashkilot hisobiga qo‘shimcha hisoblangan daromadlar 5,3 mlrd.so‘mni (10,3%) tashkil etdi. Noqonuniy xarajat va kamomadlar asosan ish haqqi va oziq-ovqat xarajatlariga ajratilgan mablag‘larni noo‘rin sarflashda yo‘l qo‘yilmoqda.  Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini chetlab o‘tib, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda 11,2 mlrd.so‘mlik shartnomalar tuzilgan. Ayrim holatlarda auksion xaridlar o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yoki maxsus axborot portaliga e’lonlarni joylashtirmasdan xarid qilingan. Masalan, Andijon viloyati Bo‘ston tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan Qonun talablariga zid ravishda shartnoma tuzilib yumshoq jihozlar 104 mln.so‘mga qimmat narxlarda xarid qilingan. Profilaktika ishlari natijasida ya’ni ortiqcha boyliklarni kirim qilish, asossiz hisoblanmagan badal to‘lovlarini hisoblash, asossiz hisoblangan kreditor qarzdorliklarni kamaytirish, mulkni sotishdan tushgan mablag‘larni 50%ini mahalliy byudjetga yo‘naltirish kabi yo‘llar bilan 5,3 mlrd.so‘m byudjet va maktabgacha ta’lim tashkiloti foydasiga qo‘shimcha hisoblandi.          Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” talablariga zid ravishda 451 nafar bolalar noqonuniy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilingan. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2020 yil davomida 550 ta tashkilotlar bo‘yicha nazorat tadbiri hujjatlari qonuniy chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga taqdim etildi. Vazirlik tomonidan byudjet mablag‘larini oqilona sarflanishini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish talon-tarojliklarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan uzviy hamkorldikda ish olib borildi.

Batafsil
Вид сайта
Размер шрифта