Agenlik haqida
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022 yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” yuzasidan Jamoatchilik kengashi va OAV uchun matbuot anjumani

Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida “Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022 yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” yuzasidan Jamoatchilik kengashi va OAV uchun matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari ham ishtirok etishdi. Unda  2022-yil I yarim yilligida amlaga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” mavzusidagi matbuot anjumanida erishilgan ijobiy koʻrsatkichlar haqida hisobot berildi, ular quyidagilar: 2022-yilning birinchi yarmida Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan jami 5 ta normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi. Bugungi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari hamda sohalarni rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilgan majlislar bayonlarida yuklatilgan jami 412 ta topshiriqdan 362 tasi bajarildi, 50 tasi belgilangan muddatda bajarish choralari koʻrilmoqda. Qabul qilingan hujjatlarga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni28 012 taga yetkazildi. 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi koʻrsatkich 69,4 foizga va 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrovi 84 foizga yetkazildi. 5 060 quvvatga ega 46 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda 11 970 quvvatga ega 342 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Namangan va Qoʻqon shaharlarida tajriba-sinov tariqasida 1 400 nafardan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini tashkil etildi. Subsidiya va kompensatsiyalarni ajratish jarayonini raqamlashtirish, bunda inson va korrupsion omillarini yoʻqotish maqsadida “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi tajriba sinovdan oʻtkazildi. 28 245 nafar Pedagogika kollejlari bitiruvchilaridan 21 915 nafari ish bilan taʼminlandi. Shu bilan birgalikda matbuot anjumanida mavjud muammolar va ularning yechimi boʻyicha vazifalar ham  quyidagicha maʼlum qilindi.  Muammolar Maktabgacha taʼlimning nodavlat sektorini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan ajratilayotgan subsidiya va kompensatsiyalar samarali va maqsadli ishlatilmayapti. Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi byudjetdan subsidiyalar ajratilishida7,4 mlrd soʻm miqdoridagi kamchiliklar aniqlandi. Mazkur jarayonlar toʻliq raqamlashtirilmagan. Respublikaning 41 ta tuman (shahar) larida qamrov darajasi 60 foizdan past. Jumladan, Chiroqchi (32,8%), Qamashi (41,5%), Kitob (41%), Yangiyoʻl (45,3%) va Denov (44,9%) tumanlarida qamrov darajasi past boʻlib qolmoqda. Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglarning 34,5 foizi oliy maʼlumotga ega ekanligi taʼlim sifatiga salbiy taʼsir qilmoqda. Bu koʻrsatkich Toshkent viloyatida24,6 foizi, Sirdaryo viloyatida 26,4 foizi va Namangan viloyatida 27,8 foizi tashkil etadi. Vazifalar Vazirlar Mahkamasining nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibini belgilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Nodavlat xususiy sektorni qoʻllab quvvatlash maqsadida zarur kredit va subsidiyalarni ajratish choralarini koʻrish. Oliy taʼlim muassasalarining 8 814 nafar maktabgacha taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ishga yoʻllanma asosida yuborish choralarini koʻrish.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha maktabgacha taʼlim vazirligi

Maktabgacha ta'lim vazirligi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5198-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiradi. Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati maktabgacha tarbiya: birinchisi, maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalda amalga oshirish; ikkinchidan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; uchinchidan, respublikada raqobatdosh davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini yaratish, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, byudjetdan subsidiyalar ajratish orqali bolalarni maktabgacha ta'lim bilan to'liq qamrab olish; , shuningdek alternativani amaliyotga joriy etish bolalarni maktabgacha ta'lim va tarbiya shakllari; to'rtinchidan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini, shu jumladan xususiy sektorni o'quv jarayoniga joriy etish; beshinchidan, maktabgacha tarbiya muassasalarini milliy madaniy va tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga qiziqish uyg'otadigan o'quv, uslubiy, didaktik materiallar, o'quv o'yinlari va o'yinchoqlari, badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash; oltinchidan, rahbarlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. va bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini yuqori kasbiy darajada hal qilishga qodir zamonaviy pedagogik texnologiyalar va usullar asosida maktabgacha ta'lim tizimining pedagogik xodimlari; ettinchidan, maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini moddiy rag'batlantirish tizimini yaratish va o'quv jarayoniga jalb qilish tajribali, malakali va o'qituvchilar va mutaxassislar; sakkizinchidan, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga bolalarni saqlash uchun munosib sharoitlar, shu jumladan to'liq, oqilona, ​​muvozanatli, sog'lom ovqatlanish, ochiq havoda o'yinlar va mashqlarni hajm va intensivlikda ta'minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni yaratish. ko'ngilochar va ma'rifiy tadbirlar elementlari bilan oqilona tibbiy retseptlar bilan belgilanadi; to'qqizinchidan, bolalarga tibbiy yordam ko'rsatadigan maktabgacha ta'lim muassasalarida O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan muvofiqlashtirish va ularning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish bo'yicha profilaktika choralarini ko'rish.  

Вид сайта
Размер шрифта